1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet12/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Bo’stonliq — Toshkent viloyatidagi qishloq. Bo’stonliq «bog’-rog’» ma’nosidagi bo’ston so’zidan ko’ra bo’ston (bo’zto’nli) degan urug’ nomi bilan atalgan deyish to’g’riroqdir. Shu tumanda Chimboylik degan qishloq ham bor (Chimboy — urug’ nomi) — lik, — lig affiksi kishilarning qaysi qabila-urug’dan ekanini ham ko’rsatadi: masalan, ming qabilasidan bo’lgan kishilar minglik deb atalgan.
Zarkent — Toshkent viloyatidagi qishloqlardan biri. V. V. Bartol’d arab geograflaridan Muqaddasiy asarlarida Shosh viloyatida qayd qilingan Zarankatu qishlog’ini hozirgi Zarkent bo’lsa kerak, deb taxmin qiladi. Zar «oltin» bo’lsa, zer, zerin «quyi», «etak» demakdir. Zerinkat bo’lganda «Pastdagi qishloq», «Tog’ etagidagi qishloq» deyish mumkin edi.
Qo’yliq — Toshkent shahrining chekkasidagi joy. Professor H. H. Hasanov Qo’yliqni «Quyilik», «pastlik»deb izohlaydi. Yana shuni aytish kerakki, Do’rmon urug’ining bir shoxobchasi «qo’yli» deb atalgan Qo’yli Qo’yliq bo’lib ketgan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, Mo’g’ul sarkardalaridan birining ismi Qo’yliq bo’lgan. Mo’g’ul sarkardalarining nomlari O’rta Osiyo toponimiyasida anchagina saqlanib qolgan. Bundan tashqari, o’sha sarkarda Qo’yliq Toshkentga ham kelgan.
Ohangaron daryosi — Sirdaryoning o’ng irmog’i. Mo’g’ullar kelmasdan oldingi manbalarda Iloq daryosi deb atalgan. Daryo vodiysida temirchilik rivojlangani uchun daryoni Ohangaron, ya’ni «Temirchylar daryosi» deb ataganlar.
To’ytepa — bu nomning negizida to’y ma’nosi yotishi munozara qilinishi mumkin. Turgan gapki, bu nomning to’y (svadba), to’yko’l so’zlariga dahli yo’q Dori o’t va kulollar ishlatadigan sopol idishlar yasash uchun ishlatadigan loy ham to’y deyiladi. Sopol yasaydigan tuproqni «gil» deb izohlashga bir qadar asos bor. Ammo Mahmud Koshg’ariyning asarida boshqacha izoh beriladi:
«To’y — askarlarning turar joyi. Xon to’yixon askargohi». Shunga asoslanib, To’ytepa — «qal’atepa», «qo’rg’ontepa», «lashkartepa» ma’nosida bo’lishi ham ehtimol.
Toshkent shahrida bir qator qadimgi me’morchilik obidalari mavjud. Bulardan biri — Abdulqosim shayx madrasasidir. Bu madrasa Abdulqosim eshon, Qoraxon eshon, Ma’dixon qozi madrasasi ham deb atalgan.. O’rta Osiyo me’morchiligi asosida XIX asrda o’sha davr an’analari bilan qurilgan tarixiy yodgorlikdir. O’ziga tutashgan masjid va hammom bilan birga qadimgi Beshyog’och dahasidagi mahalla guzarini tashkil qilgan. Dastlab madrasa bir qavatli bo’lgan. 1864 yili hovli qismida ikkinchi qavati qurilgan. Binoni bezashda asosiy e’tibor bosh fasadga qaratilgan. U chorsi pishiq g’ishtdan ikki qavatli qilib, sharqiyqa qaratib qurilgan. Bosh fasadni bezash maqsadida uning ikki yoniga bir xil ravoqlar ishlangan. Bosh fasadning o’rta qismida madrasa devori sirtidan 1,82 m. bo’rttirib chiqarib, balandligi 16 m. li peshtoq ishlangan. Uning ikki yonida guldasta minora qad ko’tarib, ularning tepa qismida XVI — XVII asrga xos mezana bor. Peshtoqning old va yon tomonlari to daxana asosigacha va devorning kungurador qismi chorsi pishiq g’ishtdan tekis qilib ishlab chiqilgan, uning yuqori qismi esa sharafa hamda kitoba bilan bezatilgan. Ko’kaldosh madrasasi singari bunda ham darvozadan kiraverishdagi chap tomonda darsxona, o’ngda masjid, to’rida xonaqoh «Mo’yi muborak» — deb ataladi. Bu bino madrasadan ilgari 1820 yili qurilgan. Darsxona va masjid tomlari o’zaro kesishadigan ravoqlar ustiga gumbaz qilib qurilgan. Hovlining tarxi — chorsi 28X22 m. Kompleksga kirgan masjid keyinchalik buzilib ketgan. Madrasa 1983 yili ta’mir qilingan. Uning binosidan qadimgi yodgorliklarni targ’ib qilish uyi sifatida foydalaniladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling