1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Shayx Zayniddin bobo maqbarasi


Download 0.74 Mb.
bet14/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi
1214 yili Shayx Zayniddinga atab solingan yodgorlik Arxeologik tekshirishlarga ko’ra, yodgorlik yonida joy-lashgan chillaxona XII XIII asrlarga, maqbara o’rnida bo’lgan xonakoh, XIV asrga oid. Maqbara devorlari asosi XVI asrda qurilgan, tepasi va peshtoqi XIX asr oxiri va XX asr boshlaridata’mir qilingan. Yodgorlik peshtoq — gumbazli cho’zinchoq maqbara — xonakohlar tipiga mansub. Chortoq xonakohning to’rt tomonida eshiklar ochilgan. Tashqi gumbaz baland asosga o’rnatilgan. Yog’och darvozaga ustaning nomi — «Mirshaxob Abdumo’min o’gli» o’yib yozilgan. Darvoza tepasidagi deraza o’rnida yog’och panjara saqlanib qolgan. XIII — XIV asrlarda maqbara atrofida qabriston vujudga kelgan.
Shayx Xovand Tohur maqbarasi
Bu nodir maqbara Navoiy shoh ko’chasida joylashgan me’moriy yodgorliklardan biri. Maqbara shayx Umar Bog’istoniyning o’g’li — Shayx Xovand Taxurga atab solingan. XV asrda yashagan nufuzli ruhoniy Xo’ja Axror Shayx Xovond Tahurning avlodi bo’lgan. Mavjud yodgorlik XV asrga oid ko’hna maqbara poydevori ustiga XVIII XIX asrlarda qurilgan; bunda Movarounnahrda XIV asr oxiridan rivojlangan ikki xonali bo’ylama maqbara — kompleks tarxlari saqlab qolingan. G’arbdan sharqiyqa yo’nalgan o’q bo’ylab bino yuzasidan sal chiqib turuvchi kichik peshtoq, ziyoratxona, so’ng go’rxona joylashgan. Xonalar gumbazlar bilan yopilgan; go’rxona gumbazi qo’shqavat bo’lib, 12 qirrali asosga o’rnatilgan; ziyoratxona me’morchiligi o’ziga xos xonakoh bo’lib, sakkiz ravoqdan iborat. Darchalardagi koshinkor panjaralar saqlanib qolgan. Maqbara yupqa chorsi pishiq g’ishtdan terilgan.
Qaldirg’ochbiy maqbarasi
BO’ maqbara XV asrning 1- yarmida qurilgan me’morchilik yodgorligi bo’lib, Shayx Xovandi Taxur maqbarasidan shimolroqda. Maqbarani kim qurganligi va unga kim dafn qilinganligi noma’lum. Rivoyatga ko’ra, bu yerga Qaldirg’ochbiy ismli nufuzli a’yon, boshqa bir rivoyatda Qaldirg’ochbibi ismli kifchoq malikasi dafn etilgan. Maqbaraga janubiy tomondagi peshtoqsiz taxmonsimon ravoqdan kiriladi. Xona chortoq bo’lib, to’rt tomonidagi taxmonlar orasida kichik hujralar va g’ishtdan ishlangan aylanma zina joylashgan. Beshta ravoq gajaklari pastak, bu uslub Toshkent maqbaralariga xos. Maqbara devorlari to’rtburchak pishiq g’ishtdan terilgan. Maqbaraning 12 qirrali tashqi gumbazi 1970 yilita’mir qilingan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling