1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet17/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Ismoil Somoniy maqbarasi (IX — X asrlar) — O’rta Osiyo me’morchiligining o’ziga xos aniq va muayyan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu me’morchilik o’z xalqi va uning g’oyasi, did-farosati bilan ifodalangan xalq ustalarining ijodidan iborat.
Birinchidan, IX — X asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi o’sha davrdagi binokorlarning mahorati va yuksak badiiy dididan dalolat beradi. Bu yodgorlik 892 — 907 yillarda qurilgan, deb taxmin qilinadi. Maqbara shahardagi madaniyat va istirohat bog’i ichida joylashgan. U kub shaklida bo’lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Unga xusn bo’lsin uchun burchaklariga to’rtta kichkina qubba o’rnatilgan. Devori qalin (1,8 metrgacha) bo’lganligi tufayli bu yodgorlik 1000 yildan beri yaxshi saqlanib turibdi.
Maqbaraning fasadi yo’q, to’rt tomoni ham bir xil. Bunday inshootlar tsentrik kompozitsiya deb ataladi. Maqbara kvadrat shaklida bo’lib, pishiq g’ishtdan qurilgan. Rivoyatlarga ko’ra, bu maqbara Ismoil Somoniy tomonidan otasi Ahmad ibn Asad uchun qurilgan. Keyinroq bu maqbara Somoniylar xonadonining daxdsi bo’lib qoldi. Unga 907 yilda vafot yetgan Ismoil, keyinroq maqbaraga kiraverishdagi yozuvga ko’ra, Ismoilning nabirasi — 914 yildan 943 yilgacha hukmron bo’lgan Nasr II ibn Ahmad dafn qilingan. Bino hozirga qadar saqlanib turibdi. Bu yodgorlikni xorijiy davlatlar ham yaxshi biladilar.
Somoniylar maqbarasi sodda, ajoyib ziynati va asrlar davomida sinovdan o’tgan murakkab gumbaz tomli konstruktsiyani qo’llagan binokorlarning muhdndislik mahorati jihatidan jahon me’morchiligining eng mukammal asarlaridan biri hisoblanadi.
Chashmai Ayyub mozori (XII asr). Shahardagi madaniyat va istiroxat bog’i shu mozor o’rnida joylashgan. Bu yodgorlik g’arbdan sharqiy tomon yonma-yon joylashgan to’rtburchakli murakkab to’rtta binodan iborat. Bu binolar turli davrlarda qurilgan. Ulardan eng qadimiysi konussimon baland gumbaz bilan qoplangandir.
Rivoyatlarga qaraganda, imoratning bu qismini Qoraxoniylardan Arslonxon Vobkentdagi Minorai Kalon bilan bir vaqtda qurdirgan. Mozor ichidagi sovuq suvli chashma hozirgacha bor. Yodgorlik chuqur soylikda bo’lib, yaqin vaqtgacha unda katta buloq suvi oqib turar edi. Bu buloq mozordagi quduq bilan birlashtirilgan.
Qadimgi g’arbiy bino yoniga XVI asrda yana ikkita bino qurilgan. Qadimii binoning eshigi tepasiga osib qo’yilgan guldor koshinga «bu binoni Temurning shaxsan o’zi qurdirdi», deb yozilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida binoning pastak peshtoedan iborat ikki qubbali so’nggi to’rtinchi qismi qurilgan.
To’rt binoning har qaysisida bir-biriga o’xshamagan qubbalar bor. Ular tashqi ko’rinishlari yoki janub tomondan qaraganda original va o’ziga xosdir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling