1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chor Minor.
- Tim va toqlar
Bolohovuz masjidi ,(1712 yil). U Ark qarshisida qurilgan. Masjidning hujralari va 20 ta baland yog’och ustunli ayvoni bor. U bir vaqtlar shaharning juma namozi o’qiladigan masjidi bo’lgan va amir Buxoroga kelgan paytlarida shu masjidda namoz o’qigan. Amir kelganda Arkdan masjidgacha gilamlar to’shalgan. Bolohovuz masjidiga Registon maydoni tomonidan qaralsa, uning peshayvoni, maydon yon boshidagi minorasi va o’rtasidagi chuqur hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi.
Chor Minor. Uni halifa Niyozqul madrasasi deb ham atashadi. Bu yodgorlik so’nggi vaqtlarda qurilgan obidalar qatoriga kiradi. U XIX asr boshlari (1807) da qurilgan va shaharning shimoli-g’arbiy qismida joylashgan. YOdgorlik murakkab me’morchilik namunasi bo’lib, peshayvon turidagi masjid, bir qavatli madrasa, hovuz va ajoyib peshtoqdan iborat. To’rtta baland mezanasi bor. Ular minoraga o’xshaydi, shuning uchun ham Chor Minor madrasasi deb ataladi. Aslida esa bular shunchaki mezanalar bo’lmay, faqat binoning badiiy bezagidir. Ular Hindiston masjidlari me’morchiligining ta’siri borligini ko’rsatib turibdi. Labihovuz (XVII asr). Qadimgi Buxoroda savdo maydonlari ko’p bo’lgan. Ulardan biri Labihovuz hozirgacha saqlanib qolgan. Bu maydon shu yerdagi katta (uzunligi 42 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr chamasi) hovuz tufayli Labihovuz deb atalgan. Bu hovuz katta maydonning o’rtasidadir. U 1620 yili qazilgan. Hozirgi vaqtda hovuz ta’mirlangan. Maydonning to’rt tomoni hashamatli me’morchilik inshootlari bilan o’rab olingan, uni g’arbiy tomondan Devonbegi xonaqasi, Labihovuz masjidi, sharqiy tomondan Devonbegi madrasasi o’rab turibdi. Shimoliy tomonda esa 1578 yilda qurilgan Ko’kaldosh madrasasi bor. XVII asrning yigirmanchi yillarida qurilgan dastlabki ikki yodgorlik ayniqsa sernaqsh va serhashamdir. Bu yerda shahardagi toqilarning hammasini bir-biri bilan bog’lovchi savdo ko’chasi boshlanadi. Tim va toqlar (XVI asr). Buxoroda eng yirik savdo inshootlaridan to’rttasi: Toqi zargaron, Toqi telpakfurushon, Toqi sarrofon va Abdullaxon timi saqlanib qolgan. Toqlar shahristonning Labihovuz maydonidan Registon maydonigacha boradigan asosiy savdo ko’chasidagi chorrahalarda qurilgan. Muntazam sakkiz burchakli ichki xonaga mahobatli gumbaz yopilgan. 16 darchali bu gumbazning meridianal qovurg’alari bor. Toqi zargaronda o’ttizdan ortiq zargarlik do’koni va ustaxonalar bo’lgan. Bu yerda har xil zeb-ziynat buyumlari yasab sotilgan. Toqi telpakfurushon ko’chalar chorrahasiga qurilgan. U oltiburchak shaklida bo’lib, markaziy gumbazda darchalari bor. Toqi telpakfurushon ilgari Toqi kitobfurushon deb atalgan, chunki bu yerda kitoblar sotilgan. Toqi sarrofon ikki ko’cha chorrahasida bo’lib, ulardan biri Registon tomonga qarab ketgan. U shuning uchun Toqi sarrofon deb atalganki, unda ko’pincha sarroflar o’tirib, chet el pullarini almashtirganlar va pul maydalaganlar. Buxoronning Abdullaxon timi va toqlari qadimiy shahar qurilishining obod, yirik ko’chalarida saqlanib qolgan elementlarigina, xolos. O’rta Osiyo va Sharqiy mamlakatlaridagi birorta shaharda bunchalik mahobatli (ulug’vor) me’morchilik inshootlari yo’q, desa bo’ladi. Devonbegi xonaqosining old tomoni Labihoiul suvida oynadek aks etib turadi. Shuning uchui bu yodgorlikni Labihovuz deb ham ataydilar. Sharqiy tomonda, masjid ro’parasida Nodir devonbegi madrasasi (1622 yil) qad ko’targan. U karvonsaroy sifatida qurila boshlagan bo’lsada, keyin qurilish davomida madrasaga aylantirilgan. Shuning uchun uning rejasi oddiy va madrasalar rejasiga o’xshamaydi. Ko’kaldosh madrasasi (1578 yil) — Labihovuz maydonida joylashgan binolar jumlasiga kiradi. Bu yodgorlik Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda (1557 1558) qurilgan bo’lib, O’rta Osiyodagi eng katta madrasalardan biri hisoblanadi. Madrasaning 160 xujrasi bor. Madrasaning eshigi alohida e’tiborga sazovordir. eshik tabaqalari yog’och pilakchalardan yig’ilib, elim va mixsiz cho’p pona bilan biriktirilgan, taxta pilakchalarga nozik va mayda o’ymakor gul solingan. Madrasalarning devori odatda yaxlit bo’ladi. Bu madrasaning esa ochiq ayvonchali boloxonalari bo’lgan va ular durustgina bezatilgan. Hozir bu yerda viloyat davlat arxivi joylashgan. Shaharning g’arbiy qismida, shahar madaniyat va istirohat bog’i darvozasining chap tomonida bir-biriga ro’para turgan ikkita katta madrasa bor. Ular Qo’sh madrasa nomi bilan mashhur Qo’sh madrasa Buxorodagi xdshamatli me’morchilik komplekslaridan biridir. Sharqiy tomondagi Madori xon madrasasi (1566) g’arbiy tomondagi Abdullaxon madrasasidan 22 yil ilgari qurilgan. Madori xon madrasasining hajmi kichikroq, bezaklari soddaroqdir. Abdullaxon madrasasi kattaroq, ayniqsa uning sal qiyshaygan baland old peshtoqi serhashamdir. Hovli to’rt peshtoqdan iborat. Uning eshik tabaqalari Ko’kaldosh madrasasining eshigiga o’xshatib taxta pilakchalaridan yasalgan. Shaharning sharqiy qismida, vokzalga yaqin joyda ikki maqbara: Sayfuddin Boharziy va Buyonqulixon maqbalari bor. Sayfuddin Boharziy maqbarasi din aqidalari to’g’risida asarlar yozgan va 1262 yilda vafot yetgan shayxning nomi bilan bog’liqdir. Bu yodgorlik ikki binodan, ya’ni ziyoratxona va go’rxonadan iborat. Ilgari ikkinchi xonada badiiy o’ymakorlik va sirli bezaklarning noyob namunasi bo’lgan yog’och sag’ana bo’lgan (XIV asr). Maqbaraning ichiga baland minoralar gumbazidagi darchalardan yorug’lik tushib turadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling