1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet25/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Havzak dorisozlar — Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi qishloq. Bu toponim tojikcha va o’zbekcha til qoidalari asosida yasalgan; hovuzni tojiklar havz deyishadi («ak» esa kichraytiruvchi affiks), doridarmon tayyorlab kun ko’rgan kishi dorisoz deyilgan. Hdvzak dorisozlar «dorisozlar hovuzchasi» demakdir, ikki so’z orasidagi izafet esa tushib qolgan, tojikcha Havzaki dorusozon bo’lishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilarni Buxoro viloyatining qishloq va tumanlar tarixi toponimikasi bilan tanishtirib chiqqach, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining qishloq, tumanlari tarixi etimologiyasini o’rganishga kirishsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bu o’rinda o’qituvchi Qashqadaryo viloyatidagi Gubalak, Qarshi, Kitob, YAkkabog’, Olaqarg’a, Varg’anza, Chimqo’rg’on kabi qishdoq, shahar nomining kelib chiqish tarixini o’sha joylarda yashab, ijod yetgan atoqli olimlar shoirlar, mashhur kishilar, Mehnat Qahramonlari, urush faxriylari, shuningdek tariximizda muhim rol o’ynagan kishilar nomlari bilan bog’lab o’rganishi kerak.
Shuningdek, o’qituvchining nima uchun bu viloyat Qashqadaryo deb nomlangan va bu so’zning ma’nosini bilasizmi? kabi savollariga o’quvchilar ilmiy ijodiy javob topishda ota-onalari, mahalliy qariyalar, shu sohaga qiziquvchilar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur.
Masalan, Qashqadaryo so’zi qanday ma’noga ega? degan savolga quyidagicha javob olish mumkin;
Qashqadaryo — daryoning nomidan olingan. U Qarshi vohasini suv bilan ta’minlaydi. Daryo qadimgi vaqtda Koshkirud deb atalgan. Ayrim tadqiqotchilarning (masalan, V. V. Bartol’dning) fikricha, Qashqadaryo Keshkirudning fonetik o’zgargan variantidir.
Ba’zi olimlar toponimning asosini «qashqa» so’zi tashkil etadi, qashqa «qaqshamoq, qurib qolmoq» degan ma’noni bildirishini aytadi (A. Ishaev). H. Hasanov daryoning tabiiy xususiyatida ham qashqalik bor, Qarshidan keyin daryoning suvi kamayib o’zani olachalpoq «qashqa holiga keladi», deb yozadi. S. Qoraev «qashqa» so’zining bir necha ma’nosini keltiradi. etnik nom: tiniq, tez oqar, yoqasida o’simlik o’smaydigan yalang, yolg’iz tepa va hokazo.
Daryo nomidan viloyat nomi vujudga kelgan, hozir ham shu nom bilan yuritiladi.
Qarshi — shahar nomi. Qashqadaryo viloyatining ma’muriy markazi. Qarshi O’zbekistonning eng ko’hna shaharlaridan biri. U Grek — Baqtriya davlati davridan beri mavjud. Shahar XIV asrgacha Naxshab deb atalgan. Arablar bu maxdlliy nomni buzib Nasaf deb ishlatgan bo’lsa kerak. Hozirgi Qarshi XIV asrning birinchi yarmida voha o’rtasida Samarqand, Buxoro, Afg’oniston, Hindiston va Sharqdagi boshqa qo’shni mamlakatlardan keladigan yo’llar ustida qurilgan. Chig’atoy naslidan bo’lgan Kepakxon (1309 —1326) Qashqadaryo vodiysiga o’rnashgan eski Naxshabdan ikki farsax narida o’ziga saroy qurgan. Saroy Mo’g’ul tilida Qarshi deb ataladi. Qarshi «Shoh qal’asi» degan ma’noni ham bildiradi, deyishadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling