1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


mart qishlog’ining tarixi


Download 0.74 Mb.
bet33/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

8 mart qishlog’ining tarixi. Bu qishloq Sariosiyo tumanida joylashgan. Oktyabr’ to’ntarishidan oldin u qishloq o’rnini to’qay va mayda ko’llar qoplab yotar edi. U yerda har xil vahshiy hayvonlar ko’p bo’lgan. Keyinchalik bu yerlar asta-sekin o’zlashtirilib, yangi yerlar ochildi, yangi uylar qurildi va odamlar yashay boshladilar. Qishloqda avval juda ko’p ko’l bo’lganligi sababli «Ko’l qishlog’i» deb ham atalib kelgan. 2-jahon urushi yillarida qishloq xo’jalik ishlarini boshqarish xotin-qizlar zimmasiga tushganligi, hamma ishlarni xotin-qizlar bajarganligi uchun «Ko’l» qishlog’iga 1946 yili Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami «8 mart qishlog’i» deb nom berilgan.
Sho’rchi — Surxondaryo viloyatining tumanlaridan biri, u 1935 yilda tashkil topgan. Sho’rchi deb nomlanishiga asosiy sabab tuman hududidagi yerlar hech narsa ekib bo’lmaydigan darajada sho’r bo’lgan. Shuning uchun ham Sho’rchi nomini olgan. Hozirga qadar ekin ekishdan avval sho’ri yuvilib, so’ng ekin ekiladi.
Boysun — Surxondaryo viloyatining tumanlaridan biri. Uning nomi haqida har xil fikrlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Boysun toponimi kishi nomi bilan, ya’ni tarixiy shaxs bo’lgan Amir Temurning nevarasi Boysunqur nomi bilan aloqador deb hisoblaydilar. Boysunqur — Shohruhning uchinchi o’g’li. Onasi Gavharshodbegim. Astrobod va Jurjon viloyatlarining hokimi bo’lgan. Boysunqur so’zining qur affiksi tushib qolib Boysun bo’lib qolgan, degan fikrlar ham mavjud.
Bu tuman hududida toponimikasi qiziq bo’lgan qishloqlar ko’p uchraydi. Masalan:
Ajrim — 6u qishloq nomining ma’nosi ajratilgan bo’lib, berilgan degan ma’noni anglatuvchi o’zbekcha nomdir. Qishloq geografik joylashishiga ko’ra markazdan juda chekkada, aholi soni kam. To’ntarishdan oldin boy-imomlar yerlarni dehqonlarga chorikor sifatida bo’lib-bo’lib, ajratib, chegaralarini ajrim qilib bergan. yerdan olingan hosilning to’rtdan birini o’sha boylarga berishgan. Chorikorlar o’z yerlarini aniq ajratib olganlar, shuning uchun bu qishloq nomi Ajrim bo’lib qolgan deyishadi.
Dashtig’oz — bu qishloq nomining ma’nosi ikki tarkibiy qismdan: «dasht» va «g’oz» so’zidan iborat. Bu yerdan soy o’tgan, soy yer sathidan juda chuqur bo’lib, o’z sohillariga suv bermagan. Suvdan dasht tomonlardan uchib kelgan o’rdak va g’ozlargina naflanganlar, xolos. Shuning uchun bu joyni dashtdan kelgan g’ozlar yashaydigan joy, deb ataganlar. Mahalliy xalq (tojiklar) bu so’zlarni birga qo’shib Dashtig’oz deb yuritganlar. Hozir ham shu nom bilan ataladi.
DUGOBA — (duoba) — tog’ qishlog’i bo’lib, ikki soy qo’shilishi joyida joylashganligi uchun shu nom berilgan. Haqiqatan ham qishloq Qayroq va Xo’janpok daryosi qo’shilgan joyda joylashgan. Tojikcha Dugoba bo’lib o’zlashtirilgan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling