1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Samarqand viloyati toponimikasi va uni o’rganish


Download 0.74 Mb.
bet36/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

4. Samarqand viloyati toponimikasi va uni o’rganish
O’zbekiston tarixi kursidagi «Temur davlatining tashkil topishi» deb nomlangan mavzuni o’tish jarayonida Samarqand viloyati kolxoz, sovxoz, qishloq tumanlari toponimikasini o’rganish va undan darsda foydalanishga bag’ishlangan namunaviy dars rejasi.
Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish: b) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tilgan mavzu: «XVI asrda madaniyatning rivojlanishi» mavzusi yuzasidan o’qituvchi o’quvchilardan so’raydi, o’tilgan mavzuga qishacha yakun yasab, yangi mavzuni boshlaydi.
Jom qishlog’i — Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qishloqning nomi. Bu so’z fors tilidan olingan bo’lib, qadah, metalldan yoki sopoldan yasalgan idish demakdir. Chunki qishloqning hamma tomoni tog’ bilan o’ralgan bo’lib, xuddi jomga, ya’ni kosaga o’xshaydi. Jom deyilishining boisi ham ana shu o’xshashlikdan kelib chiqqan.
Kattaqo’rg’on — Samarqand viloyatiga qarashli shahar. Zarafshon vodiysining tekislik qismida, Narpay arig’ining chap sohilida, dengiz sathidan 485 metr balandlikda joylashgan. Ko’pgina arxeologiyaga oid qazishma ishlari olib borilganligi natijasida Kattaqo’rg’onda ko’pgina ossuariy, ya’ni ostadonlar (sopol tobutlar) topilgan. Tobutda suyaklar, dafn marosimining urf-odatlarini tasvirlovchi rasmlar saqlanib qolgan. Kattaqo’rg’on yaqinida qadimgi Rabinjon shahri qoldiqlari topildi. Rabinjon shahrini XII asrda Xorazm xoni talab, vayron qilgan. Kattaqo’rg’onning eski shahar qismi XVII asrning so’ngida vujudga kelgan. XVIII asrda katta shaharlar qatorida hisoblangan. Shahar qalin paxsa devor bilan o’rab olingan, uning to’rtta darvozasi bo’lgan. Shahar katta bo’lganligi uchun ham Kattaqo’rg’on deb nom olgan.
Nurota — Samarqand viloyatiga qarashli tumanlardan biri bo’lib, shu nom bilan ataluvchi tuman markazidir. Tuman tog’ bilan o’ralgan, xushtabiat, go’zal manzarali joydir. Nurota tumanining tashkil topish tarixi haqida ba’zi bir afsonalar saqlanib qolgan. Shu afsonalarga qaraganda, dastlab uning hududida hech kimsa yashamagan. To’rt tomoni tog’ bilan o’ralgan, suvsiz bir sahro ekan. Savdogarlarning karvon yo’li shu yerdan o’tar ekan. Kunlardan bir kuni karvondan bir chol adashib, qolib ketibdi. CHO’lning jazirama issig’iga dosh berolmay suv izlab ko’p yo’l bosibdi. Oxiri bir baland qirga etib kelibdi. Chol qirning tepasiga chiqib atrofni kuzatibdi. Shunda uning ko’ziga qirning yonida ko’karib turgan bir tutamgina o’t ko’rinibdi. Chol oldin shunday yozning jazirama kunida ko’karib o’sib turgan o’tni ko’rib hayron bo’libdi. Qirdan tushib, o’tga yaqinlashib kelgan sari u namlikni sezibdi. Keyin o’t atrofini qo’li bilan kovlab ko’rgan ekan, ozgina kovlagandan keyin loy chiqibdi. Chol charchashni ham bilmay kovlayveribdi. Shunda kovlagan yeridan jimirlab suv chiqibdi. Chol bundan juda ham xursand bo’lib ketibdi. U kovlab suv chiqargan joyning atrofini tosh bilan o’rab, shu yerda yashay boshlabdi. Bu yerdan o’tayotgan savdogarlar shu qir atrofida to’xtab, bir-ikki kun dam olib suv ichib, keyin ketishadigan bo’libdi. Cholning oti Nur bo’lgan ekan. Undan minnatdor bo’lgan odamlar uni hurmat qilishib Nurota deb murojaat qilishar ekan. Shu-shu suv chiqqan joyga «Nurota bulog’i» deb nom bilibdi. Vaqt o’tishi bilan bu joyga odamlar kelib yashay boshlabdi. Hudud kengayibdi. Bu yerga buloq nomi bilan Nurota deb nom berilibdi.
Narpay — Samarqand viloyatiga qarashli tuman. 1926 yili tashkil topgan. Markazi Mirbozor bo’lgan. 1939 yili markaz Oqtosh posyolkasiga ko’chirilgan. Tuman o’rtasidan Narpay arig’i oqib o’tadi. Tuman nomi shu ariq nomi bilan ataladi. Ariq Kattaqo’rg’on suv omboridan boshlanib, Navoiy tumanigacha oqib boradi. Bu ariq dasht joylarni sug’orish uchun qazilgan; chuqurligi 20 metrcha, eni esa 25 metr. Vaqf hujjatlarida ta’kidlanishicha, Narpay so’zi fors tilidan olingan bo’lib, nor-tuya, poy-qadam degan ma’noni anglatadi. YAna bir joyda nor — erkak tuya, demak, poy — katta qadam, ya’ni Katta tuya nomiga qo’yilgan, deyishadi. YAna bir hujjatda shunday deyiladi: ko’chmanchi qabilalarning nor tuyasi yo’qolgan, tuyani shu dashtda o’tlab yurganda topishgan. Bu dasht boshqa dashtlarga qaraganda sero’t, chorva mollarining yashashi uchun qulay bo’lganligi tufayli bu yerlarda xalq chorvachilik bilan shug’ullangan. Keyinchalik esa odamlar bu yerlarda o’troq holda yashab hayot kechira boshlaganlar.
Narpay tarixiy hujjatlarda va arab geografi ibn Havqal asarlarida Nahri pay shaklida tilga olingan. V. L. Vyatkin vaqf hujjatlarini o’rganib, Sug’dning eng obod qismini sug’orib kelgan bu ariqning nomi aslida Nahri pay ekanligini isbot qildi. Nahri pay (naxr — arabcha «ariq-kanal») — bora-bora Narpay (mahalliy talaffuzda Norpoy) bo’lib ketgan. Sal yuqoridagi Zarafshondan boshlanadigan Payariq arig’i Narpay nomining turkiycha shaklidir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling