1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet32/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Sariosiyo bunday deb atalishiga sabab, kishilarning aytishlariga qaraganda, bir vaqtlar shu yerda bir kishi tegirmon qurgan va uning atrofiga kelib, uy-joy qurib, o’rnasha boshlaganlar. Asta-sekin bu yer qishloqqa aylangan, aholisining ko’pchiligi tojiklardan iborat bo’lganligi sababli ular o’z qishloqlarini «Tegirmon boshi», ya’ni tojikcha «Sariosiyo» deb ataganlar. Sariosiyo keyingi davrda o’sib rivojlandi. Qishloq shaharga — tuman markaziga aylanib qoldi. Hozir ham Sariosiyo tuman markazidir.
Qarsagan — Sho’rchi tumanidagi qishloq nomi. Aslida Qarsakgan yoki Qarsakkon bo’lishi kerak. Mahalliy xalq tulkining bir turini qarsak deb atagan. Qadimgi turkiy tilda Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asarida ham qarsak tulkilar jinsidan bo’lgan bir hayvon, uning oq o’siq terisidan po’stin qilinadi, deb aytilgan. Agar bu so’zni «qarasagan» tarzida oladigan bo’lsak, «qarsak» tulkining bir turi, «gan» tojikcha ko’plik affiksidir.
YUrchi — Denov tumanidagi qishloq. Aslida «yurtchi» bo’lishi kerak. «YUrtchi» so’zining o’zini esa quyidagicha izohlash mumkin: a) ko’chib qo’nadigan joy; b) ko’chmanchilar yashaydigan joy; v) yaylov. Bu qadimgi turkiy so’z bo’lib, chorvadorlar va ko’chmanchilar yashaydigan joyga nisbatan ishlatilib kelingan. Fikrimizcha, yurchi «yurtjo», ya’ni yurtjoy o’rin demakdir. «YUrtjoy», «yurtchi» shaklida qo’llanib kelinmoqda. YUrchi so’zining kelib chiqish tarixini B. A. Ahmedov o’zining «Istoriya Balxa» kitobida ilmiy ravishda isbotlab bergan.
Boldir — Surxondaryo viloyatidagi qishloq nomy. etimologik jihatdan bu so’z qadimgi turkiy so’z bo’lib, asl ma’nosi tog’ burniga o’xshagan ko’tarilib chiqqan narsa, demakdir. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asarida boldir — tog’ burni tarzida uchraydi. Shuningdek, devonda «boldir» boshqa komponentlar bilan qo’shilib, boldir o’g’il, qiz (O’gay o’g’il, o’gay qiz) ma’nosida ham qo’llanilgan.
Dehbolo — Boysun tumanidagi qishloq. yerli xalq «diybola», «dibolo» tarzida talaffuz qiladi. Bu so’z tojikcha deh, (qishloq), bolo (baland yuqori) komponentlaridan tashkil topgan, dehbolo — «yuqori qishloq” demakdir. Dehbolo nomi bilan ataladigan qishloqlar respublikamizning Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ham uchraydi.
Pulxokin — Boysun tumanidagi qishloq. Qishloqning shimoliy qismida yer osti sizot suvlarining qo’shilishi natijasida katta ariq paydo bo’lgan va tabiiy holda yer qatlami tagidan oqib o’tib ko’prik shakliga kelib qolgan. Pulxokin fors-tojikcha pul (ko’prik), xok (tuproq) komponentlaridan tashkil topgan, «kin» esa tojikcha sifat yasovchi qo’shimchadir. Shunga ko’ra Pulxokin — tuproqli ko’prik, degan ma’no ni bildiradi. Qishloqqa ham «tuproq ko’prik» nomi berilgan.
Egarchi — Boysun tumanidagi qishloq. Mahalliy xalq «iyarchi» deb ataydi. Aytishlaricha, bu qishloq joylashgan yer otning egariga o’xshagan bo’lganligi uchun «iyarchi» deb atalgan. Fikrimizcha, bu qishloqda qachonlardir egar yasovchi kosiblar bo’lgan va shuning uchun «egarchilar» yashaydigan joy deb nomlangan bo’lsa kerak.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling