1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet30/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Zurmala minorasi Hozirgi Termiz shahridan 10 kilometr chamasi narida, Amudaryo shimolga tomon keskin buriladigan yerda eski Termiz harobasi saqlanib qolgan. Ana shu yerda Zup^ala nomi bilan ataladigan 12 metrli minora qad ko’tarib turibdi. Garchi minora harob bo’lib ketgan bo’lsada, u mahobatlidir. A’lo sifatli g’ishtdan tiklangan minoraning poydevori nihoyatda mustahkam ishlangan.
Minoraning tashqi tomoniga aylanma zinapoya ishlangan bo’lib, ichki tomonida qop-qorong’i yo’lak bor. Zurmala minorasi eski Termiz bilan deyarli tengdosh milodimizning dastlabki asrlarida bunyod etilgan. Zurmala minorasi budda diniga topinganlar tomonidan qurilgan bo’lib, uni balog’at uyi deb atashgan.
Termiz milodimizning dastlabki asrlarida asosiy yadrosi Baqtriya hisoblangan Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Ana shu vaqtda shahar obod bo’lgan. Kushon davridan boshlab Surxondaryoning hozirgi hududiga buddizm kirib kela boshlagan. Bu yerga buddiy missionyerlari kelib saroylar, butxonalar qurganlar.
Qirqqiz qasri Termiz shahridan olti kilometr naridagi «Namuna» kolxozi hududida joylashgan qadi-miy Qirqqiz qasri harobalari haybatli ko’rinishi bilan kishi e’tiborini o’ziga tortadi. Bu yodgorlik XVIII asr o’zbek xalq eposi bilan bog’langan. «Qirqqiz» — bu podshoh Guloyim va uning qirqta kanizagi haqidagi ertakdir. Qirqqiz qasri qal’ani eslatsada, lekin aslida yirik feodalning qasri bo’lgan. Ikki qavatli qasr IX asrda bunyod etilgan bo’lib, karvonlar o’ta turib, bu yerda dam olganlar, yozning jazirama issig’ida shu joyda jon saqlaganlar. Qasr an’anaviy Sharqiy me’morchiligi uslubida qurilgan. Bu yodgorlikda arablargacha bo’lgan o’rta Osiyoga xos me’morchilik maktabining uslubi ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Kasr dushmanning har qanday hujumidan, ayniqsa feodallarning o’zaro urushlaridan himoya qilishga moslab qurilgan.
Qirqqiz qasri inson hunarmandchiligi san’ati namunasi bo’lib, oddiy tuproq — loydan yaratilgan bu koshona ijodkorlarining, me’morlarining nomi ma’lum emas. Oradan ko’p yillar o’tdi. Qasr harobaga aylandi. Ammo Qirqqiz qasri IX asrning noyob inshooti sifatida savlat to’kib turibdi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling