1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chimqo’rg’on
Varg’anza — Kitob tumanidagi qishloq nomi. Mahalliy aholining ko’pchiligi anorchilik bilan shug’ullanadi. Aytishlaricha, bu yerga boshqa yerlardan kelishib anor o’g’irlab ketishgan. Bu voqea muntazam takrorlanib turgan. Shuning uchun bu qishloqqa «varg’anza», ya’ni anor o’g’irlanadigan joy, deb nom bergan ekanlar. B. Ahmedov ta’rificha «var» so’zi so’g’diycha bo’lib, «shamol», «g’anza» — koni, ya’ni shamol koni degan ma’noni bildiradi. Hozir hdm bu qishloq shu nom bilan ataladi.
Shahrisabz — Qashqadaryo viloyatiga qarashli shahar. Bu nom XVI asrda tilga olinadi. Shaharning qadimgi nomi Kesh. XV — XVI asrlardagi tarixiy manbalarda, chunonchi, xoja Axrorning vaqf hujjatlarida va «Boburnoma» da Kesh va Shahrisabz nomlari parallel’ ishlatiladi. Shahrisabz — «Ko’kalamzor shaxdr», ya’ni «YAshil shahar» demakdir. XIV — XV asrlarda Amir Temur va Ulug’bek davrlarida Shahrisabzda qator monumental binolar — sarof, masjidlar, maqbara va boshqalar qurildi. Bu inshootlarning harobalari hozirgi vaqtda noyob me’morchilik yodgorligi sifatida saqlanib qolgan. YAkkabog’ — Qashqadaryo viloyati YAkkabog’ tumanidagi shu nomdagi aholi yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi YAkkabog’ tumani o’rnida aholi kam bo’lgan. Bularning ham ko’pchiligi ko’chmanchi xalq bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullangan. YAkkabog’ hududi ekin ekishga qulay bo’lgan. U Hisor tog’iga yaqin bo’lib, chashma va mayda soy suvlari YAkkabog’dan o’tadi. Suvning bu jixdtdan qulayligi bog’-rog’ barpo etishga olib kelgan. Bu joyda oldyn yakka bog’ barpo qilingan. YAkkabog’ tumani hududida bir necha qishloq mavjud. Bulardan biri No’g’aylidir. No’g’aylar haqida aytilgan ayrim gaplar hozir ham xalq o’rtasida mavjud. Ikkinchi qishloq — Qatag’on (quvilganlar), uchinchi qishloq — Uchtepa. Chimqo’rg’on — Qashqadaryo viloyatidagi qishloq. Chimqo’rg’on — chim devor bilan o’rab olingan joy demakdir. Bu qishloq aholisi talonchilardan saqlanish maqsadida o’z qishloqlarini atrofini devor bilan o’rab olishgan. Bu devor atrofida chuqur xdndaqlar qazib, suv bilan to’latib qo’yishgan. Qo’rg’onga kirib chiqadigan to’rtta darvoza bo’lib, ularga ko’tarma ko’priklar orqaligina kirilgan. Aholisi qo’rg’on tashqarisida dehqonchilik qilgan. Ular o’zlariga to’q va mard kishilar bo’lgan. Qo’rg’onni yov olish mushkul bo’lgan. Qishloq aholisi qo’rg’onga suvni tog’dan sopoldan yasalgan quvurlar orqali keltirishgan. Bunaqa quvur yot kishilar uchun sir saqlangan, Quvur yerga ko’milib, bir uchi tog’dagi buloqlarga bog’langan. Rivoyatda aytilishicha, bu qishloqqa yov bostirib keladi, lekin qo’rg’onga bostirib kirish imkoniyatini topolmay to’xtab qolishadi. Shu vaqtda Chimqo’rg’on hokimining chiroyli qizi boshinchilarning lashkarboshisiga xufiyona oshiq bo’lib qoladi. U muhabbat deb dushman tomonga qochib o’tadi va sir saqlangan suv yo’lini aytib beradi. Bu yovga qo’l kelib, buloq og’zini bekitishadi. Suvsiz qolgan xalq sotqinlik natijasida yengiladi. Chimqo’rg’on bosib olinib, devorlari buzib tashlanadi. Sopol quvurlar esa yer tagida qolaveradi. Ularning qoldiqlari hozir ham o’sha ko’milgan yerdan topilmoqda. Chimqo’rg’on qishlog’i devorlari buzilib ketsa ham o’z nomini saqlab qolgan. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling