1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet35/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Qo’rg’oncha — uzoq tog’liq qishloq bo’lib, kichik qo’rg’on degan ma’noni beradi. Aytishlaricha, bu atrofda ikkita qo’rg’on bo’lgan. Bittasi mustahkam katta qo’rg’on bo’lgan, ikkinchisi kichkina. Bir kuni tabiiy ofat natijasida qattiq sel kelib, katta qo’rg’onni olib ketgan. Kichik qo’rg’on esa chetroqda bo’lgani uchun omon qolgan.
Qilichbot — bu joy shu yerning ko’rinishiga qarab berilgan. Agarda biron balandlik joydan qishloqqa nazar solinsa, uy va bog’lar cho’zilib qilichga o’xshab ketadi.
Qo’shbuloq — ikki buloq suvining qo’shilishiga qarab nomlangan. Zarang buloq bilan Ko’kbuloq o’rtasida joylashgan. Buloq o’rtasi sero’t, ajoyib yaylov. Bu yer yashash uchun qulay bo’lganligi sababli qadimdan aholi istiqomat qilgan. Demak, qo’shbuloq nomi bilan Yangiobod qishlog’i vujudga kelgan. Hozir ham shu nom bilan ataladi.
Morbuloq — ajoyib, manzarali yaylov markazidagi buloq nomi. Aytishlaricha, shu buloqdan kechaning ma’lum paytida katta bir ilon chiqib turar ekan. Tasodifan uni bir kishi ko’rib qolib, yuragi yorilib o’lganmish. Shundan so’ng, bu buloq morbuloq, ya’ni ilonbuloq deb atala boshlagan. Shu nom hozir ham saqlanib qolgan.
O’rtabo’z — markazdagi qo’riq degan ma’noni bildiradi. Chunki qishloq atrofi katta suvsiz tekislikdan iborat. O’sha qishloq joylashgan hududgina o’zlashtirilgan bo’lib, o’rtabo’z, ya’ni markaziy bo’z yer deb atalgan. Keyinchalik boshqa yerlar ham o’zlashtirilgan, ammo qishloqning nomi o’rtabo’z bo’lib qolgan.
Selga — Surxondaryo viloyatidagi Bobotog’ etagidagi dara va qishloq nomi. Ko’klam paytida sel keladigan soylik va shuningdek dara og’zida sel kelgan loyqa chirindi qumlardan hosil bo’lgan unumdor yerlar «selga» yoki «selcha» yerlar deyiladi.
Gilambop — Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi qishloq nomi. Tojikcha gilambop — gilam to’quvchi demakdir. Gilambopli degan urug’ ham bo’lgan.
Guliob — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi qishloq nomi. Guliob, gulob — atirgul suvi. Ilgari atirgul bargini qaynatib, bug’latib tayyorlangan xushbo’y suv gulob deyilgan. Ko’chma ma’nodagi toponim, ammo hozir qishloqda «gulob» tayyorlanmasa ham atirgul ko’p o’sadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling