1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet37/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Beshqozoq — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq. Qishloqning kelib chiqish tarixini tuman arxividagi manbalardan ham bilish mumkin. Qishloq 500 yil ilgari paydo bo’lgan. Bu qishloqning o’rni bundan 500 yil ilgari cho’l bo’lgan. CHO’lga ko’chmanchilar va chorvador qabilalardan beshta tuyachi qozoq kelib, o’zining qora chodirini qurib, yashay boshlagan. Bu yerlar yashash uchun qulay, suv manbai quduq bo’lgan. Suv 11 —12 metr chuqurlikdan chiqadi. Keyinchalik har yerdan odamlar kelib o’rnasha boshlaganlar va bu joy qishloqqa aylangan. Qishloqning nomi qadimdan joylashib qolgan «beshta qozoq» so’zidan olingan. O’shandan beri «Beshqozoq» deb ataladi.
Urgut — Samarqand viloyatidagi tuman nomi. Urgut tarixi tosh asrlardan boshlanadi. Urgut toponimikasi etimologiyasiga olimlarimiz ko’p yillardan buyon qiziqib keladilar. Mashhur rus sharqiyshunos olimi V. L. Vyatkin mang’itlar hukmronligi davridan boshlab tarixiy hujjatlarda uchraydigan Arkut qishlog’i Urgut deb atala boshlaganini aytadi. Ikkinchi toponimist S. Qoraev o’zining «Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?» asarida bu nomning ma’nosi aniqlanmaganini qayd etadi. Ayrim kishilar esa Urgut nemis tilida yaxshi soat, yaxshi havo degan ma’noni anglatadi, deyishadi va o’z fikrlarining isboti sifatida rivoyatlar aytishadi. Ba’zilar Urkentni ur — o’rta, kent — shahar, qishloq so’zining buzilishidan kelib chiqqan, deyishadi. Biz esa Vyatkinning Urgut so’zi mang’itiylar davrida paydo bo’lgan degan fikrlarini, o’sha davr tarixchisi Muhammad Yoqubning «Gulshan ul-mulk» asarida Urgut to’g’risidagi so’zlarini, geograf olim N. G. Mallitskiyning Farg’ona vodiysidagi Mang’it g’ori to’g’risidagi ma’lumotlarini hisobga olib, Urgut toponimi mang’itiylar hukmronligi davrida paydo bo’lgan, degan so’zlarini e’tirof yetgan holda, V arabcha Urgut — ofat, faloqat, ya’ni yalang’och, ochiq, ship-shiydon bo’lgan joy, degan ma’noni bildiri-shini aytmoqchimiz. Lekin Urgut toponimi etimologiya-sini aniqlashga hali nuqta qo’yilgan emas. Urgut tuman 1926 yilda tashkil topgan. Urgutliklar hozirgacha o’z tamakisi bilan mamlakatimizda mashhur.
Jumabozor — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qishloq nomi. Urgutdan 4 kilometr pastroqda joy-lashgan. Rivoyatlarga qaraganda, qadim zamonlarda Juma-bozorda odam yashamagan. U yerlar qamishzor bo’lgan. Keyinchalik Jumabozorga ikkita odam kelib qamishdan o’zlariga uy yasab olishgan. Mol boqib tirikchilik qilishgan, chunki bu yer chorvachilik uchun qulay bo’lgan. Shuning uchun bu erga asta-sekin odamlar yoz vaqtlarida kelib turadigan bo’lishgan. Bora-bora odamlar ko’payib, dehqonchilik bilan ham shug’ullana boshlaganlar. Suv kam bo’lganligi sababli Uramas qishlog’idan o’tadigan ka-naldan Jumabozorga suv olib kelishgan. endi bu yerda odamlar dehqonchilik qila boshlaganlar. Lekin bu yerda hali bozor yo’q edi. Haftaning har yakshanba kuni Bog’izog’on qishlog’ida bozor bo’lgan. Bu bozorga borib kelish Uramas, Jumabozor, Uroqbayjar qishlog’ida istiqomat qiluvchi odamlarga uzoqlik qilgan. Shuning uchun odamlar xdr jumada bozor qilishga ruhsat olishgan, Shu bilan qishloqning nomi xdm Jumabozor bo’lib ketgan. Hozir xdm bu qishloqning nomi Jumabozor,

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling