1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Ko’kqarg’a — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq. Qarg’a urug’i ko’k qarg’a, qora qarg’a kabi tarmoqlarga bo’lingan bo’lsa kerak. Ko’kqovg’a


Download 0.74 Mb.
bet45/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Ko’kqarg’a — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq. Qarg’a urug’i ko’k qarg’a, qora qarg’a kabi tarmoqlarga bo’lingan bo’lsa kerak.
Ko’kqovg’a — Samarqand viloyati Nurota tumanidagi qishloq. Qo’ng’irot qabilasining bir urug’i qavqa deb atalgan. To’g’risi qovg’a bo’lsa kerak. Qovg’a — quruqdan suv tortadigan charm idish. Osmondagi 12 burjdan biri — dalv yulduzlar turkumi ham qovg’a deyilgan. Idish-tovoq, uy-ro’zg’or asboblari nomlari bilan atalgan urug’lar kam emas. Masalan, boltali, bolg’ali, cho’michli, kosovli va hokazo. Ko’kqarg’a — qovg’a (to’g’risi qovg’ali) urug’ining bir tarmog’i.
Og’aliq — Samarqand shahridan 20—22 km masofada joylashgan oromgoh. Hozirgi kunda u yerda turistik baza joylashgan. Bu yerdan to 1920 yillarga qadar samarqandliklar ohak olib ketishgan, shu sababdan bu joyni ohakli deb atashgan. Keyinchalik ohakli so’zi buzilib, joy ma’nosiga mos kelmaydigan nom — Og’aliq deb atala boshlagan. Hozir xdm shu nom bilan yuritiladi.
Loyqa — Samarqand viloyati Bulung’ur tumanidagi qishloq. Tog’lardan sel olib kelgan jinslardan xosil bo’lgan maydon loyqa deyiladi. Lekin bu qishloq Bulungur arig’i yoqasida joylashgan. Bulung’ur Mo’g’ul tilida «loyqa suv» demakdir. Demak, loyiqa bilan Bulung’ur «adash» nomlardir.
Zambar — Samarqand viloyati Nurota tumanidagi tog. Biron narsaning o’rta qismi chuqur, ikki chekkasi baland bo’lsa zambar (zanbar, zambil) deyiladi. Masalan, zambarbel (zambilbel) ot.
Zanjirbog’ — Samarqand yaqinidagi qishloq. Arab jug’rofiy olimlarining asarlarida Samarqand viloyatining 12 rustaqlaridan biri Sanjarfag’n deb atalgan. Sanjarfag’n toponimi Yangiariq arig’ining o’ng tomonidagi Zanjirbog’ qishlog’i nomida saqlanib qolgan vaqf hujjatlarida «Sanjarfag’n degan joy Zanjirbog’ nomi bilan mashxurdir», deyiladi. Sanjarfag’n nomi qompo-nentdan iborat, sangarma — sanskritcha «budda monastiri» va fag’n (vag’i) «ibodatxona» so’zlaridan tashkil topgan.
Ishtixon — Samarqand viloyati Ishtixon tumanining markazi. Rivoyatga ko’ra, Samarqanddan Ishtixongacha maxsus quvurda oqizilgan qimizdan podsho totib ko’rgan emish, xalq o’shanda «Qimizni ichdi xon, xon ichdi» degan emish. Shundan buyon qishloq Ichta xon, keyinchalik Ishtixon bo’lib qolgan emish. Ishtixon O’rta Osiyodagi eng qadimiy toponimlardan biri. X asrdayoq Ishtixon kattagina shahar bo’lgan. O. I. Smirnovaning fikricha, Ishtixon so’zi sug’dcha «Sakkiz ariqli», «Sakkiz kanalli» ma’nosini bildiradi. Isht — xasht — sakkiz, xon — ariq, demak sakkiz ariq degan ma’noni bildiradi. Qishloq shu so’zdan olingan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling