1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jo’gi
Jalpaqteva — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qishloq. Ba’zilar yalpoqtepa deb to’g’ri talaffuz qiladilar. O’zbek-qipchoqlar tepa deyish o’rniga «teva» deb talaffuz qiladilar. Qishloqda jarat urug’i yashagani uchun uni Jarat ham deyishadi. Yalpoq tepani yerli xalq shevasida Jalpoqtepa deyishadi.
Jo’gi - Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq nomi. Jo’gi — O’rta Osiyo lo’lilarining bir qavmi. Jo’gi so’zining «qashshoq», «kambag’al» ma’nosi ham bor. Dapsan — tog’ yonbag’ridagi tekis maydoncha, supa degan ma’noni anglatadi. Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanida Depsan degan qishloq bor. Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanida Jo’gidapsan degan tepalik ham bor. Qo’shxavut — Samarqand viloyati Xatirchi tumanidagi qishloq nomi. Shu qishloqliklar va Nurota tumanining qo’shni qishloqlarida yashaydiganlar hovuzni «hovut» deyishadi. Hovuz so’zi o’zbek tilining barcha shevalarida arabchaga aslida yaqin shakllarda («ovuz», «avuz» deb) tallaffuz etiladi. Qishloqda ikkita hovuz bo’lganligi sababli yerli xalq Qo’shhovuz — Qo’shhavut deb atay boshlaganlar. Gonchi — Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi ariq va Tojikiston Jumhuriyati Xo’jand tumanidagi qishloq nomi. Gon (gonchi) so’zi tarixiy manbalarda, jumladan Alisher Navoiy asarlarida ko’p uchraydi. Gonchi — it g’ajib uzmasin uchun o’ning arqoniga bog’lanadigan yog’och, jun to’qimini tishlab iflos qilmasin uchun otning bo’yniga bog’lanadigan tayoq ham gonchi deyiladi. Afrosiyob — Samarqand shahrining dastlabki nomi. Hozir arxeologiyaga oid kurikxona shu tepalikdan topilgan arxeologiyaga oid topilmalar Samarqandning yoshini aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Sug’dcha par siyov (par siyoh ob) — qora suv tepaligi degan ma’noni bildiradi. YA. G’. G’ulomovning fikricha, Solor, Kaykovus, Zolariq va Afrosiyob nomlari «Shohnoma» kitobi ta’siri ostida maydonga kelgan bo’lsa kerak. Varaksar — Samarqand yaqinidagi Robotxoja qish-log’ining oldingi nomi. Bu so’z «varg», «bandivarg» shaklida Rudakiy asarlarida ham tilga olingan, Varaksar «to’g’on boshi» demakdir. Haqiqatan ham o’rta asrlardayoq bu qishloq yonida Zarafshonga to’g’on qurilib, daryo suvi uch tarmoqqa bo’lingan. Bu ariqlar keyinchalik Darg’om, Abbos va Qoraunus deb atalgan. Yaqin vaqtlargacha Zarafshon vodiysidagi Barkbon shahri yaqinidagi Varakdex — To’g’on qishlog’i bo’lgan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi. Shunday qilib o’qituvchi keltirilgan tarixiy-geografik joylarning nomlari va toponimlaryga asoslanib, mazkur darsda Samarqand va uning vohasida juda ajoyib va turli-tuman nomlarning bir guruhinigina ko’rib chiqishga muvaffaq bo’linganini, o’quvchilar ham o’z jonajon maktabi, jamoa va davlat xo’jaligi, qishloq va tuman hududidagi nomlarning kelib chiqishi bilan qiziqishi hamda mana shunday toponimik ma’lumotlar yig’ishi zarurligi, bu esa ularga jonajon o’lka tarixini o’rganishda, mustaqil ijod qilishda olgan bilimlarini chuqurlashtirishda yaqindan yordam berishini ta’kidlaydi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling