1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tgan mavzu
5. Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish. Xorazm O’rta Osiyodagi eng qadimgi madaniyat markazi serunum vohalardan biri. U hozir paxtachilik sohasidagi erishgan yutuqlari tufayli mash’al viloyatga aylandi. Uning tarixi zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da miloddan avvalgi IX — X asrlarda qayd etilgan.
Bu viloyat tarixi va uning toponimikasi haqida fikr yuritilganda o’quvchilarga, avvalo, «Xorazm» so’zining etimologiyasi haqida batafsil ma’lumot berish zarur. O’qituvchi bir qator viloyatlar tarixi va uning tuman, qishloq va ovullari nomlarining kelib chiqish manbalari ustida to’xtalar ekan, Xorazm viloyati tumanlari, qishloq va ovullarining nomlari toponimikasiga ham batafsil to’xtalishi lozim. Masalan «XII —XIII asrlarda Xorazm davlatining kuchayishi» mavzusi quyidagi mavzuchalarga bo’lib o’rganilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Mavzu quyidagi reja asosida bayon etiladi: a) Xorazmning kuchayishi; b) Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va xo’jalik hayoti; v) Buxoro va Samarqanddagi qo’zg’olonlar. Shundan so’ng o’qituvchi Xorazm viloyati tashkil topgandan to hozirgi kunga qadar bosib o’tilgan tarixiy jarayon va uning kelajagi haqida qishacha ma’lumotlar keltirib, viloyat va uning hududidagi jamoa xo’jaliklari, ovul, qishloq, tuman, shaharlar nomlarining kelib chiqishi haqidagi masalalarga batafsil to’xtalishi lozim. Biz quyida O’zbekiston tarixi kursini o’qitish jarayonida Xorazm vohasi bo’yicha toponimikaga oid ma’lumotlardan qanday foydalanish mumkin? degan savolga javob berishni maqsad qilib qo’ydik. Toponimikaga oid ma’lumotlardan foydalanib o’tkaziladigan bir soatlik tarix darsining taxminiy rejasi keltiriladi. Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish; b) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu: «Turkiy tilda so’zlashuvchi xalqlarning shakllanishi» degan mavzu yuzasidan o’quvchilarga beriladigan savollar: a) Xaritadan turkiy tilda so’zlashuvchi o’zbek xalqlarining dastlabki ajdodlari yashagan joylarni ko’rsating; b) Turkiy tilda so’zlashuvchi xalqlar ajdodlari shakllanishini necha boshichga bo’lish mumkin? Har bir boshichga ta’rif bering; v) o’zbek tilining dastlabki shakllanishi qaysi lahja va tillardan kelib chiqqan edi? g) IX — XII asrlarda o’zbek xalqi va uning tilining shakllanish jarayoni xususiyatlarini aniqlang; d) Tilning aniq shakllanishi qaysi tuman, shahar, voha va vodiylarda aniq sezilgan? O’quvchilar yuqoridagi savollarga javob berganlaridan so’ng o’qituvchi ulardan Xorazmning qaysi hududlarida hozirgacha o’sha turkiy til elementlari saqlanib kelayotganligi va Xiva, Xo’jayli shaharlarining hamda Xorazm so’zi qanday ma’noni anglatishini so’raydi. Shu savollarga olingan javoblar o’quvchilarning shahar tarixini va uning nomini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Demak, o’qituvchi o’quvchi to’g’ri yorita Olmagan savollarni to’ldirib, o’tilgan mavzuni yangi mavzuga bog’laydi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling