1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet56/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Damariq — Andijon viloyati Xo’jaobod tumanidagi Xo’jaobod qishlog’iga qarashli «O’zbekiston» nomli jamoa xo’jaligi hududida joylashgan. Avvallari bu ariqni «Yomonyor» deb atashardi. Bu ariq asli o’sh soyidan bosh olardi, deb hikoya qiladi shu qishloqlik Turdiboy ota Usmonov. Biz bolalik davrimizda Xo’jaobod qishlog’ini va uning yerlarini shu ariq sug’orardi. Bahor oyi yoki olma gullagan paytda bu qishloq ahlini vahima bosardi, chunki o’sh soyi toshib ariq boshini oqizib ketardi yoki Shahrixon soyiga qo’shib yuborardi. Natijada Xo’jaobod, Buloqboshi, Qoratayit qishloqlari suvsiz qolardi, hatto ichishga suv topilmas edi.
Suvsizlik azobidan qutulish maqsadida shu qishloq oqsoqollari Abdusamad ota Boymatov, mulla Sobirjon Yusupov, Mavlon ota, Mamaroziq otalar boshchiligida to’g’onni qayta qurish uchun hashar uyushtirilar edi. Hashar boshlashdan avval bu ishga kimlarni jalb qilish, qaysi xonandondan nechta odam ishtirok etishi mumkinligi belgilab olinardi. So’ng Xo’jaobod volost’ boshlig’iga xabar qilinardi. Hasharda deyarli kambag’al dehqonlar ishtirok etardilar, ammo suvning ko’pidan boylar foydalanardilar. To’g’onni bir yil ichida bir necha marta suv buzib ketardi. Har safar to’g’onni qayta tiklash uchun kambag’al dehqonlar o’z-o’zlaridan to’g’on qurish uchun asosiy material hisoblangan shox-shabba, yog’och, xashak pichan, poxol kabi qurilish materiallari olib borishar edi. Volost’ rahbarlari quruvchilarga hech qanday yordam bermas edilar. To’g’on qurilishiga yordam bera olmagan, ilojsiz kambag’al dehqonlarni urishar edilar. Asrimizning 20- yillariga qadar bu «Yomon yor» deb nom olgan joydan suv olish juda ham yomon, og’ir edi. Shuning uchun odamlar bu joyni Yomon yor, suv soydan juda damlanib chiqqanligi sababli ariqqa Dam arig’i deb nom bergan, deb hikoya qilishadi keksa otaxonlarimiz.
Xo’jaobod — Andijon viloyatiga qarashli shu nomdagi tuman markazi. 1981 yildan boshlab shahar nomini oldi. «Boburnoma» muallifi o’sh bilan Andijon o’rtasida bir obod joy bo’lganligini eslatadi. Shu yerlik 7 marta haj qilgan Abdunabi Sayfuddin hoji o’g’lining hikoyasiga qaraganda, qadimgi O’rta Osiyo shaharlarini Xitoy bilan bog’laydigan savdo yo’li shu Xo’jaobod orqali o’tgan. Buning guvohi sifatida to hozirgi kungacha saqlanib qolgan Andijon shahridagi, shu Xo’jaoboddan boradigan yo’l boshiga qurilgan Xitoy konsulining binosini ko’rsatadilar.
Xo’jaobod so’zining kelib chiqish tarixi haqida aniq fikr va dalil bo’lmasada, ayrim taxminlar bor. Yuqorida ta’kidlanganicha, Xitoyga boradigan savdo yo’lida joylashganligi tufayli bu joyga bir guruh xo’jalar kelib joylashib qolishgan. Shundan so’ng qishloq kengayib xo’jalar obod qilgan deyishyb, nomini Xo’jaobod qo’yishgan desalar, ayrim kishilar, bu yerdan xajga borganlar ko’p bo’lganligi tufayli hojilar obod qilgan, deydilar. Xullas, Xo’jaobod shahri tarixi hali ilmiy asosda tadqiq qilinmagan. Xojiobod deyish haqiqatga ancha yaqindir. 1993 yili «Mehnat» nashriyotida chop etilgan A. Nabievning «Bobur tavof aylagan diyor» nomli risolasida (10 bosmataboq) Xo’jaobod tarixi, eng qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo’lgan tarixi mukammal yoritilgan. Xo’jaobod nomining kelib chiqish tarixi haqida jumladan shunday deyilgan: «Boburnoma» ning 50—51-betlarida Bobur Mirzoning ustozi va piri Xo’ja Abdullo Mavlonai qozi nomi bir necha bor tilga olingan. endilikda shunday tarixiy ma’lumotlar aniqlanmoqdaki, hatto Xo’jaobod vohasining nomi ham ayni shu tarixiy shaxs — Xoja Abdullo Mavlonai qozi nomi bilan bog’liq bo’lib chiqdi. Binobarin, Bobur ta’riflaganidek, voha nomi uni bog’-rog’larga aylantirgan tarixiy bir shaxsning nomi bilan bog’liq ekan. Bu fikrni yozuvchi Qo’ldosh Mirzoning 1990 yili «Sharqiy YUlduzi» da bosilgan «Bobur Mirzoning toylog’i» nomli qissasi voqealari yana bir karra tasdiqladi. Qissa muallifi o’z asarida Xo’jaobod Oqbo’ra daryosidan suv ichganligini, undan yangi-yangi ariqlar chiqarilganligini aytadi. YAna ta’riflaydiki, shu ariqlar suvidan bahra olgan bog’-rog’larni ko’rgan, shirin-shaqar mevalaru qovun-tarvuzlaridan totib ko’rgan Zahiriddin Muhammad Bobur nihoyatda ilhomlanib ketadi va bu jannatmakon yurt boshlig’ini chaqirib: «Siz yurt aylagan ushbu navohi Xoja Abdullo Mavlonai qozi ruhi pokining hurmati vajidin Xojaobod bo’lsun. Bu tilagi ixlosmandlaru hukmi podshohdur. Ongladingizmu, sardor», — deydi. Shundan so’ng sardor axli yurtni to’plab, podsho hukmini e’lon qiladi: «Shu bugundan boshlab, bu yurt Xojaobod deb nomlansin»,— deydi. Shu tariqa qadimdan obod maskanlardan biri bo’lgan bu yurt Xojaobod deb yuritiladi.
Chortoq — Namangan yonidagi qishloq. Buni «to’rt tog’» deb izohlaydilar, ammo shunday emas. To’rt gumbazli (to’rt toqisi bo’lgan) inshoot, ark, qo’rg’on, qorovulxona chortoq deyilgan. Ba’zan to’rt tomonidan ko’rinib turadigan qorovulxonalar, baland minoralar ham chortoq deb atalgan. Demak, chortoq deb shu qishloq o’rtasida joylashgan baland ark, qorovulxona tufayli atalgan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling