1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet53/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Qo’qonboy — Qo’qonboy qishlog’ining tashkil topish davri qariyalarning va qishloq ziyolilarining shoxidligi bo’yicha, Qo’qon xonligi davriga to’g’ri keladi. Qishloq Toshkent — Andijon temir yo’li va Xo’jand — Qo’qon karvon yo’llari yoqasiga joylashgan. Qishloqdagi katta-katta, eng hosildor yerlar Qo’qonlik boylardan Po’stin-purushboy, Tovoqchiboy, Pichaqchiboy, Olloboy va shu kabilarga qarashli bo’lib, yaqin kunlargacha o’sha boylarning nomi bilan atalib kelar edi. Qariya otaxonlarning aytishicha, qishloq yerlari suv boshida bo’lib, yeri juda unumli bo’lgan. Shu sababli bu yerlarni Qo’qonlik boylar egallab olib, chorikorlarga bo’lib bergan va bu yerda asta-sekin aholi to’planib, qishloq paydo bo’lgan. Qishloq asosan Qo’qonlik boylarning yeridan iborat bo’lgani uchun Qo’qonboy deb atala boshlagan degan fikr bor.
Savay — 1930 yili tashkil topgan sovxoz nomi. U Farg’ona vodiysining shimoli-sharqiyidagi Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumanida joylashgan bo’lib, Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradoshdir. Bu yer nomining kelib chiqishi quyidagicha bo’lgan. Sovxoz tashkil topmay turib, shu yerga yaqin joyda Isavay degan odam yashagan ekan. U o’z tomorqasiga Qoradaryodan bosh oladigan ariqdan suv ochgan. Keyinchalik mana shu joyda davlat xo’jaligi tashkil topgan, xuddi shu ariq o’rnida kanal qazilgan. Odamlar bu kanalni haligi ariq o’rnidan ochilgani uchun «Isavoy ariq» deb, keyinchalik bu so’z buzilib Savay ariq deb atay boshlangan. «Savay ariq» atrofida tashkil topgan davlat xo’jaligi nomi ham «Savay» bo’lib qolgan. Hozir ham shu nom bilan mashhur. Mo’g’ul urug’laridan biri ham Savay deb yuritilgan deydi B. Ahmedov.
Xo’jand — Tojikiston respublikasidagi shahar. 1936 yilga qadar shu nom bilan atalib kelingan. Nima uchun Xo’jand deb atalganligi to’g’risida bir qancha rivoyatlar mavjud.
Bir vaqt Sirdaryo toshib, kechasi bu shaharni suv olib ketgan emish. Podsho Nushirvon mamlakatdagi eng yaxshi odamlarni yig’ib, eski shahar o’rnidan sal nariroqda yangi shahar barpo qilishga buyruq bergan ekan. Shunda oldingi shaharning nomi unutilib, Xo’bchand (tojik tilida bir so’zi chand, yaxshi so’zi — xo’b) deyilgan, ya’ni bir qancha odam kelib o’rnashgan shahar degan ma’noni bildiradi. Bora-bora, vaqt o’tishi bilan, Xo’bchand so’zi Xo’jand bo’lib ketgan, deyishadi. Yana boshqa bir rivoyatda Xo’jand so’zi bu shaharda «oq suyaklar» ko’p bo’lganligi sababli «Xo’jalar shahri» so’zidan olingan, deyiladi.
Shunday qilib, shaharning nima uchun Xo’jand deb atalganligi to’g’risida ishonchli bir fikr yo’q.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling