1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
Xo’jayli — XII — XIII asrlarda barpo qilingan. Xo’jayli so’zining leksik mazmuni xo’jarlar, ya’ni katta yer egasi bo’lgan kishilar ma’nosidadir. Xo’jayli so’zini xo’ja eli degan xalq nomidan olingan, deb ta’riflaydi sharqiyshunos olim B. A. Ahmedov.
Mo’ynoq — Orol dengizi janubidagi yarim orol, shahar. Mo’yin (bo’yin), oq aslida — ak — «kichik» so’zlaridan yasalib, «kichik bo’yin», «bo’yincha», «yarim orol» ma’nosida. Tuyamo’yin — Amudaryo quyi oqimidagi joy. Sirtdan qaraganda «tuya bo’yini» dek tuyuladi. Aslida tog’, daryo va qumlik joylarning tor qismini — yo’lagini «Tuyamo’yin» deb atashgan. Tuyaning qing’ir va tor bo’yniga o’xshatilgan bo’lsa ajab emas. To’rtko’l — Qoraqalpog’iston jumhuriyatining janubidagi shahar. Shaharning yaqin yillarga qadar to’rt tomoni ko’l bo’lgan. Shuning uchun ham shunday nom berilgan. Hozir ham To’rtko’lligicha saqlanib kelmoqda. Farg’ona vodiysida eng katta, serxosil, qadimdan paxta etishtirib kelayotgan, O’zbekistonning gullagan viloyatlaridan uchtasi, ya’ni Andijon, Farg’ona va Namangan. Andijon — O’zbekistonning xushmanzara va qo’hna shaharlaridan biri. U Farg’ona vodiysining janubi-sharqiyida joylashgan. Shahar nomining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha fikrlar bor. Bir afsonada aytilishicha, shaharning nomi Afrosiyob noibining qizi Andijon nomidan kelib chiqqan deyiladi. Boshqa bir rivoyatda bu so’zning birinchi qismi «Andi» — shaharga asos solgan kishining nomi, ikkinchi — «jon» qismi esa jon degan ma’noni anglatadi, deyiladi. Birovlar qachonlardir bu yerlarni «andi — hind» lar ishg’ol qilganlar, bu hindlar makoni deydilar. YAna bir guruh kishilar esa «Andi» shaharga asos soluvchi, «jon» esa baxsh etmoq demakdir, deyishadi. YAna bir guruh kishilar karvon yo’lida ketayotganda qaroqchilar xujum qilib «O’nta jonni» o’ldirganlar. Andijon so’zi o’nta jon so’zining buzilganligidan kelib chiqqan, deb ta’kidlaydilar. X asrda yashagan arab geografi va sayyohi Ibn Havkal Andijon shahri to’g’risida «Dehqonchiligi rivojlangan shahdr, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham rivojlangan, katta hunarmandlar shahri» deb yozgan. Andijon shahrining paydo bo’lishi va nomi haqida tarixchilarimiz quyidagicha fikr yuritadilar. Masalan, mashhur tarixchi V. Nalivkin o’zining «Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva» degan kitobida «Andijon» so’zi hozirgi shahar hududida yashagan «andi» qabilasi nomidan olingan, deb ko’rsatadi. «Andi» so’ziga «gan» qo’shimchasini qo’shish bilan «Andigan» yasalgan va keyinchalik bu Andijonga aylanib ketgan, deb yozadi. Shahar IV asrdan V asrgacha Andukon, XII asrdan to XIX asrgacha Andijon deb yuritiladi. Andijon shahri toponimikasi haqida ba’zi bir tarixchi olimlar, jumladan, S. Jalilovning shu sohadagi fikri ham haqiqatga yaqindir. Yaqin yillarga qadar, hatto hozir ham ayrim kishilar bu shaharni Anjon deb keladilar. Ayrim kishilarning aytishlari bo’yicha O’rta Osiyo chorizm tarafidan bosib olingandan so’ng ruslar «j» tovushi oldiga «d» qo’shib aytishlari natijasida «Anjon» Andijon bo’lib qolgan. Xullas, Andijon shahar tarixi qadimiy yozma manbalarda aniq ta’riflangan bo’lsada, Andijon so’zining etimologiyasi haliga qadar ilmiy ravishda isbotlangan emas. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling