1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet11/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Chalaariq — bu ariq ham Anhordan suv oladi. Chalaariq tarixi ham Qonqus tarixiga o’xshaydi. Bu ariqdan suv ichuvchi dehqonlar to 1917 yilgacha o’z ekinlarini to’liq sug’organlarini bilmaydilar. Chunki ariq boshi shaharga yaqin edi. Ariq boshida boylar va amaldorlarning yeri bor edi. Ular o’zlari turgan joyning atrofidagi qo’riq yerlarni ham o’zlashtirib olganlarida ariqdagi barcha suvni o’zlariniki qilib olganlar va ariq oxiridagilar bilan hisoblashmaganlar. Natijada bu ariqdan suv ichuvchi boshqa dehqonlarga suv yetmas edi. Suv boshida Do’simboy hoji degan boyning yeri bo’lib, hamma suvni o’z yeriga ochib oladi. Natijada bu ariqdan suv ichuvchilarning yeri chala sug’orilar edi. Shuning uchun bu ariqqa Chalaariq deb nom berilgan.
Qoraqalpoq arig’i — Yollanma qishlog’i va Chinoz hududlarini suv bilan ta’minlovchi ariqning nomi. Bu nomning kelib chiqishi haqida qiziq rivoyatlar bor. Biz ulardan eng e’tiborlisini keltiramiz. Shu qishloqda o’sib ulg’aygan 1880 yilda tug’ilgan Muhammad ota Xidirov shunday hikoya qiladi: «Utmishda deyarli Chinoz, YOllanma qishloq hududida Bo’zsuvning o’ng va chap sohillariga suv chiqarish juda qiyin bo’lgan. Shu sababdan qishloq ahli ariq qazib suv chiqarishni orzu qilib yurgan. Bo’zsuv arig’i yer sathidan ancha pastda bo’lganligi sababli yerli xalq qancha urinsa ham Bo’zsuvdan yuqoriga suv chiqara olmaganlar. Yurt kattalari endi qanday qilib suv chiqaramiz, deb o’ylanib turganlarida oralarida paydo bo’lib qolgan bir cho’qqi qora telpak kiygan qoraqalpoq yigit ot minib olib, qalin yoqqan qor tepasidan iz solib beribdi. Ariq qazishga kelgan dehqonlar uning oti izidan ariq qaziy boshlabdilar. Nihoyat, suv ariq bo’ylab oqibdi va ariqqa iz solib bergan yigit qoraqalpoq bo’lganligi uchun shu yigitning millatini ulug’lab, ariqqa Qoraqalpoq deb nom qo’yishgan deyishadi. Boshqa birovlar bu ariqni qazishda juda ko’p qoraqalpoqliklar qatnashgan, ariq qazib tugatilgach, ularni qaygadir olib ketishgan, shu sababli ariqni qoraqalpoqliklar qazigan deb shu nom berilgan deyishadi. B. A. Ahmedovning ta’kidlashicha XVI asrda Sirdaryoda istiqomat qilayotgan Qoraqalpoqlarga ma’lum miqdorda taalluqli bo’lganligi sababli Qoraqalpoq nomini olgan bo’lsa kerak.
Qo’riq — Yangiyo’l tumanidagi Tursunqulov nomli kolxoz hududida joylashgan qishloqning eski nomi. U qishloqda qozoqlar yashagan. Ularning yerlari juda hosildor bo’lgan. «Tosh eksang qo’karaman, deydi, biroq euv yo’q. Suv bo’lsa, qishloqlar guliston bo’ladi». el urug’lari shu haqda o’ylab, Bo’zsuvdan suv olib chiqish fikriga tushadilar. Ular to’planishib pul yig’adilar va 1904 yilda Toshkent general-gubernatori nomiga ariza yozadilar: «Podsholiq shu ishga 2000 so’mlik qarz bersin, ikki yilda to’laymiz» — deydilar. Arizadan darak bo’lmaydi, 1905 yilda yana katta pul to’lab Oqpodsho Nikolay nomiga ariza yozadilar. Oylar, yillar o’tadi, undan ham javob kelmaydi. Shundan so’ng qishloq yigitlari to’planishib, «ko’kragimizda yolimiz, bilagimizda kuchimiz bor. Ularning yordamisiz ham o’zimiz ariqni qaziymiz» — deydilar. YUrt boshliqlari bu tashabbusni olqishlaydilar. Pastdan yuqoriga suv chiqarmoqchi bo’ladilar. Oqsoqollar maslaxati bilan yer ostidan suv olib kelmoqchi bo’lib, har 15 — 20 metr joydan quduq qaziydilar. yer ostida bu quduqlarni bir-biriga bog’laydilar. Oylar, yillar va og’ir azobli kunlar birin-ketin o’tadi, azamatlar o’z ishlarida oxiriga qadar izchil turadilar. Biroq ochlik kuchayadi, qishloq xalqi bor bisotini, ko’rpa-to’shagini, hatto bo’yrasigacha sotadilar. Ketmon chopgan azamatlar, yer bag’rini tilib turgan qahramon yigitlarning ancha qismi ochlikdan qirilib keta boshlaydi, qolganlarini esa quduq bosib o’ldiradi. Xay attang mehnatimiz shamolga sovirildi, bir tomchi suv deb, ming qatra qonimiz qurbon bo’ldi, azamat yigitlardan ayrildik, deb nadomat chekishadi chollar.Qo’riq qishlog’i suvsizlikdan harob bo’ladi, xalqi bitadi, lekin ular qazigan quduqlari o’tmishdan alamli bir yodgorlik bo’lib, ayrimlarining izi hozirgacha saqlanib kelmoqda.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling