1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
Bog’iston — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi qishloq Hoja Ubaydulloh, Ahrorning qishlog’i, u shu qishloqda tavallud topgan (1404—1490) H. Hasanov Bug’uston, ya’ni «Bug’uli yer» deb izohlaydi. V. V. Bartol’d «Eronning tarixiy-geografik ocherki” asarida Bog’iston degan joyni «Xudo vatani» deb tarjima qilgan. (Islom dinidan oldin bog’ so’zi eron tillarida «xudo» ma’nosini anglatgan, bu so’zning fog’ (fug’) variantlari ham bo’lgan.) Bu toponim «bog’lar o’lkasi» degan ma’noda ham bo’lishi mumkin. Profes-sor I. P. Petrushevskiy bog’iston so’zini ana shunday izohlagan. Bog’iston qishlog’ida tashkil topgan birinchi jamoa xo’jaligiga rais bo’lgan hurmatli Sotiboldieva Zinnat opaning fikricha, Bog’iston «Bog’i bo’ston» degan so’zdan kelib chiqqan bo’lishi kerak.
Burchmulla — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi qishloq. Ba’zi birovlar Ko’ksuv bilan Chotqol suvlari qo’shilgan burchakda bir mulla o’tirgan ekan, shuning uchun ham Burchmulla, ya’ni mullaning burchi (burchagi) deb atalgan, deyishadi. Aslida bu nomning «mulla» so’ziga hech qanday aloqasi yo’q. Ikkala so’z —mulla, burch (burj) so’zlari ham minora degan ma’noni anglatadi. Gazarma — Toshkent viloyat Burchmulla yaqinidagi qishloq (joy). XX asr boshlarida bu yerda mis koni ishga tushirilib, konda ishlaydigan rus soldatlari uchun Piskom tizmasi yonbag’irlarida Ko’ksuvdan ancha balandlikda kazarmalar qurilgan. Keyinchalik kon ishlatilmay qoladi, lekin kazarma so’zi Gazarma shaklida joy nomi sifatida saqlanib qolgan. Degrezlik — Toshkentning qadimgi mahallalaridan biri. Bozorga yaqin, Xadra maydonida joylashgan. Toshkent qayta qurilgandan keyin Degrez mahallasining ko’p qismi buzilib ketdi. Bu yerda hozir fontan, tsirk va bir qancha imoratlar qurilib ketgan. Deg(dek) qozon, degrez — qozon quyuvchilar, cho’yan quyuvchi degan so’z. Mahalla aholisining asosiy kasbi cho’yan, jez, abjush — etti qotishma quyish bo’lgan. Oqtepa — bu so’z «dehqon» so’zi bilan bevosita aloqador. Dehqon atamasi V — VI asrlarda paydo bo’lgan. Dehqon ilk o’rta asrlarda yirik yer egasi bo’lgan. Bu tabaqa to XI — XII asrlargacha mamlakatda hukmron sinf bo’lib kelgan. XII asrdan so’ng dehqon atamasi oddiy qishloq mehnatkashlari, degan ma’noni oladi. Odatda feodal dehqonlar to’g’on boshida, atrofi devor va handaqlar bilan to’silgan mustahkam qo’rg’onlarda yashaganlar. Bunday qo’rg’onlar davrlar o’tishi bilan vayron bo’lib, harobalarga aylanib qolgan. Bu harobalar hozirgi vaqtda «oqtepalar» deb yuritiladi. Masalan, Toshkent shaharida mana shunday 8 ta Oqtepa mavjud. Do’rmon — Do’rmon, Do’rmoncha, Yuqori Do’rmon degan nomlar Toshkent voxasida juda ko’p uchraydi. Bu so’z Mo’g’ul urug’laridan birining nomi bo’lib, ma’nosi Mo’g’ul tilida «to’rt» demakdir. Bu so’zni ba’zi kishilarning, olimlarning afsonaviy qahramon Durmon bahodir nomidan olingan deyishlari to’g’ri emasdir. Jahonobod — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi bir qishloq. Ilgarigi nomi Nanay. 1966 yilda O’zbekistonda yangi hokimiyatni o’rnatish va mustahkamlash uchun kurashda faol ishtirok yetgan Jahon Obidova nomiga qo’yilgan. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling