1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
Chirchiq — Sirdaryoning o’ng irmog’i, Toshkent vohasini deyarli shu daryo sug’oradi. Park yoki Parak deb ham atalgan. Obi turk varianti ham bor. V. V. Bartold ma’lumotlariga ko’ra, Chir nomi birinchi marta Temur tarixida tilga olindi. «Boburnoma» da «Chir siyi» deyilgan. «Abdullanomada» esa «Chir daryosi Chirchiq nomi bilan ko’proq mashhur» deyiladi. e. Mirzaev (SMGT, 257- bet), H. Hasanov (UOJNT, 56-bet) «tezoqar», «shovullagan» deb izohlaydilar. Chirchiq vodiysida Chirchiqning Qolgan o’zani bor. «Qolgan» so’zi gidronimlar tarkibida (Masalan, Sirdaryo Sirdaryo viloyatida, Qolgandaryo Farg’ona viloyatida, Chirchiq shahri esa Toshkent viloyatida) ko’p uchraydi.
Piskent — Toshkent vohasining qadimiy shaharlaridan biri. X asr geograflarining ma’lumotlariga qaraganda, Iloq davlati tarkibiga kirgan. Pushti Mahmud tepaligi Piskentning dastlabki qismi bo’lib, u VI-VII asrlarda shahar qiyofasini ola boshlagan. Shosh (Toshkent) dan Farg’onaga o’tgan savdo yo’lining qulay joylashganligi tufayli IX — X asrlarda bu yerda qadimiy tarixchilar tomonidan «Biskent» deb atalgan shaharcha paydo bo’lgan, u «Yigirma xonadonli shahar» ma’nosini bildiradi. Piskent o’z nomini o’rta asrlarda olgan bo’lib, o’sha vaqtda shaharda yigirmata karvonsaroy bo’lgan va ular orqali Toshkentdan Qo’qon, Xo’jand kabi bir qancha shaharlarga savdo yo’li o’tgan. Parkent — bu qishloq Toshkentdan 50 — 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qishloqning Parkent deb nomlanishi haqida xalq orasida turli fikrlar va afsonalar mavjud. Ayrim kishilar bu qishloq oldin bir necha qishloqlardan iborat bo’lib, Parkent ularning birlashishidan tashkil topgan, desalar, boshqalar qishloqning qoq o’rtasidan kesib o’tgan Parkent soyi sababli qishloq teng ikkiga bo’lingan va shuning uchun uning nomi Parkent, ya’ni juft deydilar. Lekin qishloq nomining asl ma’nosi haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Iskandar — bu Chirchiqdan birinchi suv oluvchi kanalning nomi. 1889 yili bu kanal o’rnida kichik bir «sart» arig’i bo’lgan, bu ariqni podsho Aleksandrning qarindoshi Konstantin Romanov qayta qurdirib, unga «Oq podsho» Aleksandr nomini qo’ydiradi. U joy obo donlashtirilib, aholi yashaydigan joyga aylantiriladi va yerli xalq odatiga ko’ra Aleksandrni Iskandar deb yurita boshlaydilar. Hozirgi kunga qadar ham shu nom bilan yuritilib kelinmoqda. Betagali — Toshkent viloyatida Betagalisoy, Betaga-li degan joylar mavjud. Betaga so’zi mayda o’t demakdir. Bu o’t buta-buta, ya’ni to’p-to’p bo’lib o’sadi. ehtimol, butaka so’zi vaqtlar o’tishi bilan «betaga» bo’lib ketgandir. Bobur aytgandek, betagani ayniqsa yilqi yaxshi ko’radi. Betaga egan yilqi yaxshi semiradi. Betagali yaylovda yurgan biyalarning qimizi yog’li va yoqimli bo’ladi. Betagalisoy va Betagali — Qo’ytosh degan joylarda hali ham yilqilar boqiladi. Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida ham Betagali — Qo’ytosh degan yaylov va yassi tog’ bor. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling