1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet5/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Qorasaroy — Toshkent shahar darvozalari ichida Qorasaroy darvozasi ham bo’lgan. Bu darvoza dastlab qopqa deb atalgan (darvoza so’zi forscha qopqa demakdir). Ana shu yo’lda zakotxona, zakot saroyi qurilganidan keyin darvoza Qorasaroy deb atalgan.
Taxtapul — bu so’zning etimologiyasi taxta — yog’och, pul — fors tilida ko’prik, ya’ni taxta ko’prik degan ma’noni bildiradi. Bu ariq qazilgach undan o’tish uchun yog’och va taxtadan ko’prik qurilgan. Shundan so’ng ariqning va o’sha joyning nomi ham Taxtapul bo’lib qolgan.
Damachchi — Toshkent shahridagi Taxtapul arig’idan va Bo’zsuvdan suv oluvchi ariqning nomi Dchchi ham deyiladi. Mahalliy xalq ariqning suvi sho’r bo’lganidan shu nomni berishgan. Xdqiqatan ham «j» lovchi o’zbek shevalarida «achchiq»ni «achchiy» deyishadi. Bu ariq suvni pastlikdan olganligi sababli dambalar yordamida dimlanib chiqadi. Keksa otaxonlarning so’zlariga qaraganda, bu ariqni Damariq deb xdm yuritishar ekanlar. Bu ariq suvini Damachchi kanaliga va Achchisoyga qo’yadi. Achchisoyning suvi hdm sho’r bo’lganligidan shu nomni olganligi shubhasizdir.
Chinoz — Chinoz tarixiy asarlarda ilk bor Chingizxon davrida, ya’ni O’rta Osiyoga Mo’g’ul-tatarlar bostirib kirgan yili tilga olingan. Ba’zi bir tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Sirdaryo etaklaridagi chin xalqi boyonining bir go’zal qizi bo’lgan va bu go’zal qizga juda ko’p kishilar odam qo’ytan, lekin qiz ularni yoqtirmagan. Bir boyning o’g’li bu qizning xusnini ko’rib hushini yo’qotgan va bu qiz haqiqatan ham Chin nozlik qiz ekan deydi. Balki shu tufayli Chinoz deb atalgan bo’lsa kerak. Bundan tashqari, yana bir afsonada aytilishicha, Chingiz Sirdaryo etaklaridagi xalqlar bilan boshinchilik urushi olib borayotganda bu yerdagi chin qabilasidagi kishilar oz bo’lsa ham botir va qo’rqmas ekanligini aytgan. Shu tufayli Chinoz deb atalgandir. Rashididdinning «Jomi’ ut-tavorix» asarida chinos degan Mo’g’ul qabilasi bo’lganligi eslatiladi, ehtimol Mo’g’ul-tatarlar bostirib kirib, shu yerda chinos qabilasidan tarqagan qabila bu joyda yashab qolgandir. Lekin bu hozircha aniqlangan emas, ba’zi bir ma’lumotda chimi oz, dehqonchilik qilsa bo’ladi, ya’ni chim oz so’zidan olingan deyishadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling