1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet3/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Qorasuv — Toshkent vohasini suv bilan ta’minlaydigan va Chirchiq daryosidan bosh oluvchi ikkita kanal — o’ng qirg’oq Qorasuv va chap qirg’oq Qorasuv kanallari. Bu so’z fors-tojik tilida siob yoki siyohob ham deyiladi. Bu nom bilan yuritiluvchi otlar respublikamizda juda ko’p uchraydi. Samarqand viloyatida bunday ariqlarni Siob deb yuritishadi. Siob so’zini xdm ba’zi olimlar o’zlaricha har xil tahlil qiladilar. Afrosiyob jarliklaridan oqib o’tadigan Qorasuv - Siobning nomini si — ob, ya’ni «O’ttiz suv» ham deyishadi. V. L. Vyatkin so’zi bilan aytganda, Oqsuv atamasi tog’ daryolariga taalluqli bo’lib, Qorasuv esa fors-tojikcha Siob yoki siyohobqora suv degan ma’nolarni anglatadi.
Haqiqatan ham chashma suvlari turkiy tillarda Qorasuv deb yuritiladi. V. V. Bartol’dning ta’rificha, Siob turkcha qora suv demakdir. Bobur esa bu ariqni Obirahmat deb atagan. Hozirgi davrda ham Siobning boshlanishi Qorasuv deb yuritiladi. Ayrim vaqtlarda Qoradaryoni ham tojikchasiga Siobi kalon deb, ya’ni katta Qorasuv deb atashadi.
Xadra — Toshkentdagi hozirgi Xadra maydoni. Ya. G’. G’ulomov, H. T. Zaripov, H. Hasanovlarning fikricha, xadra — xaddi rox «chegara, chekka» degan ma’noda bo’lib xon o’rdasining chegarasi hisoblangan. F. Abdullaev esa xadra past-baland, tashlandiq, yaroqsiz, yer ma’nosidagi adrang so’zini asta-sekin buzib talaffuz qilinishi natijasida xadra bo’lib qolgan, deydi. Fikrimizcha, oldingi olimlarning so’zi haqiqatga ancha yaqin. Xadra chegara ma’nosini anglatadi.
Beshyog’och so’zi masofani o’lchash uchun ishlatilgan tosh, farsang ma’nosini bildiradi. Bu o’lchov (bir yog’och 7 — 8 kilometrga teng bo’lgan) yog’och o’lchov so’zidan kelib chiqqan bo’lishi mumkin.
Bo’rjar. Ilgarilari bu erda bo’ri yoki chiyabo’ri ko’p bo’lganligi uchun shu nom berilgan deyiladi. Ayrimlar esa bu er jarliklardan iborat bo’lib, unda faqat bo’rilar yashagan desalar, ba’zi birovlar bu nom «bo’z — oqish va jar» so’zlarining o’zgarishidan kelib chiqqan, deydilar.
Jangob — Toshkent shahridagi hozirgi A. Qodiriy nomli madaniyat va istirohat bog’ining o’rni. To’g’risi, janggoh — «goh» toponim yasovchi affiks bo’lib, asl ma’nosi joy, o’rin, maydon demakdir; poytaxtimizdagi nomozgoh guzari — juma kunlari va hayitlarda jamoat bo’lib namoz o’qiladigan joy bo’lgan. Toshkent dahalari ana shu erda jang qilishgan, degan fikrlar mavjud, ammo bu joy faqat jang emas, xo’roz, qo’chqor urishtirib, hordiq chiqaradigan joy degan ta’riflar ham mavjud.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling