1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.74 Mb.
|
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’shKo’pir
Hayrovot — tumandagi beshinchi qishloq bo’lib, Xiva qal’asining shimoli-g’arbiy tomonida joylashgan. Ma’lumki, rovot — bu darvoza degani. Demak, qishloq Xiva xonligining shimoli-g’arbiy tomondagi darvozasi bo’lgan. Hayrovot balki, odamlar aytganlariday, xayrli darvoza, fayzli darvoza, yaxshi darvoza ma’nolarini bildirishi ham mumkin.
O’rtayop — tumandagi oltinchi qishloq, o’rtayop cho’zilib ketgan ariqning o’rta markaziy qismida joylashgan qishloq ma’nosini ham bildiradi. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi. Qatag’on — tumandagi ettinchi qishloqning nomi. Shevada qatag’on so’zi yo’q. Bu so’z fors tilida — yo’qolgan, qurilgan va topib bo’lmaydi, degan ma’noni bildiradi. Urganch, Shovot va Qo’shKo’pir tumanlari hududiga o’xshash qumlik sahrolar shu qishloqning yo’q bo’lib ketishiga, nomi esa Qatag’on bo’lib ketishiga sababchi bo’lishi mumkin. Suv chiqarish qiyin bo’lgan paytlarda qum barxanlari qishloq yerlarini ko’mib yuborgan, natijada qurg’oqchilik bo’lib turgan. Qatag’on nom albatta bejiz berilmagan. Mahalliy aholi orasida bu qishloq to’g’risida ma’lumotlar deyarli saqlanmagan. Qo’shKo’pir — tumandagi sakkizinchi qishloq bo’lib, hozirgi kunda tuman markazidir. Nomining o’zidan ko’rinib turibdi, qo’sh — juft, ko’pir — ko’prik ma’nosini, ya’ni qo’shma ko’prikli, degan ma’noni bildiradi. Marhum akademik Muhammadjon Yo’ldoshevning «Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi» degan kitobida bu haqda ancha ma’lumotlar bor. eng avval Qo’shKo’pir qo’sh ko’prik deb nomlangan. U yerda katta G’azovon arig’i bor. Bu ariqning u tomoni bilan bu tomoniga o’tish uchun ikki joyiga katta ko’prik kurilgan. Qo’shKo’pir degan so’z shundan olingan. G’azovot — tumandagi to’qqizinchi qishloq nomi. O’rta Osiyoda suv masalasi og’ir bo’lgani uchun Xiva xonlari ming-minglab odamlarni ariq qazishga safarbar qilganlar. Xon amaldorlari mehnatkash xalq ommasini ayamasdan ishlatganlar. Ariq qazish oddiy xalqqa ko’p mashaqqatlar keltirgan. Bu qishloq esa o’sha G’azovot arig’i bo’yida joylashgan bo’lgani uchun ham G’azovot nomini olgan, degan fikrlar bor. Bog’ot — Xorazm viloyatidagi tuman markazi. Bog’ot etimologiyasini bog’zor, bog’lar, bog’ va arabcha ot ko’plik affiksi «arz so’raydigan bog’» so’zi bilan bog’laydilar. Mahalliy xalqning aytishicha «bog’ot» poliz, polizchi degan ma’noni bildiradi. Amudaryo — uni yunonlar hamda rimliklar Oksus yoki Oqsus, arablar esa «Jayhun» (telba) deb ataganlar. Daryoning hozirgi nomi esa Amuya shahri (XVI asr) nomidan olingan; bu shahdr keyinchalik Amudaryo deb atala boshlagan. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling