1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet54/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Namangan — Farg’ona vodiysining go’zal shaharlaridan biri. Namangan soy, Yangiariq va Shimoliy Farg’ona kanalidan suv ichadi. Namangan haqidagi dastlabki ma’lumotlar Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» kitobida tilga olinadi. Namangan qishlog’i tuz koniga yaqinligidan «Namak kon» deb atalgan. Keyinchalik bu nom o’zgarib Namangan bo’lib ketgan. Novmakon (yangi joy) degan rivoyat ham bor. Shaharning vujudga kelishiga qadimgi Axsikent shahridan ko’chib kelgan aholi ham ta’sir qilgan bo’lsa kerak. Axsikent shahri Namangan yaqinida Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida bo’lgan. U 1620 yilgi zilziladan yakson bo’lib ketgan. Namangan shahrining rivojlanishida Norin daryosidan 1818—1822 yillarda o’tkazilgan Yangiariq kanali katta rol o’ynadi. Bu yerda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanadi. Farg’ona viloyati tuzilgach, Namangan uning uezd shaharlaridan biri bo’lib qoldi. 1877 yili yangi shahar qurilishi boshlanadi. Bu yerda dastlab Andijon va Farg’ona shaharlaridagi singari qo’rg’on qurilgan. Yangi shahar uchastkasida harbiy mashqlar o’tkaziladigan maydon, shahar bog’i va bozor uchun joy ajratilgan. 1894—1895 yillarda shahar aholisi 60 ming kishidan ko’proq bo’lgan. XX asrning boshlarida Namangan temir yo’l orqali Qo’qon bilan bog’lanadi. Shundan keyin paxta va yog’ zavodlari paydo bo’ladi. 60- yillarga kelib Namangan juda katta shaharlardan biriga aylandi. Hozir shahar Farg’ona vodiysidagi yiriq shaharlardan biri, Namangan viloyatining markazi.
Haqqulobod — Norin tumanidagi qishloq. Arxeologlarning va yerli keksalarning so’zlariga qaraganda, bu qishloq XVIII asrning oxirida tashkil topgan. O’sha vaqtda bu joylarning o’rni botqoqlik va balchiq bo’lgan. Shuning uchun bu yerda odamlar yashamagan. Tuman markazidan 6 km nariroqda «Eski Haqqulobod» degan qishloq bor. XVIII asrning oxirida bu yerda juda boy va johil Haqqulibek degan kishi yashagan. U yer mulkini ko’paytirish uchun o’z odamlarini to’qayzor va balchiq yerlarni o’zlashtirishga majbur qilgan: Uning buyrug’i bilan odamlar botqoqlarni quritib, ekin ekkanlar. Bu qishloq uning xo’jayini Haqqulibek nomi bilan Haqqulobod deb atalgan. 20 -30- yillarda undan keyingi davrlarda bu yerda ijtimoiy o’zgarishlar yuz berdi. Hozir Haqqulobod Namangan viloyatining eng go’zal qishloqlaridan biri bo’lib, Norin tumanining markazi va shahar tipidagi aholi yashaydigan manzilga aylantirildi.
Qo’qon. Bu so’zning etimologiyasi haqida ham turli-tuman ma’lumotlar bor. Aytishlaricha, shahar joylashgan hudud botqoqlik, qamishzorlardan iborat bo’lgan va u yerlarda ho’k (yovvoyi cho’chqa) lar juda ko’p bo’lgan. Shuning uchun u yerni cho’chqalar, ya’ni to’ng’izlar makoni — ho’kkon deb ataganlar. Keyinchalik bu so’z Qo’qon bo’lib qolgan, degan fikr soxtadir. Akademik A. N. Kononov: Xo’ so’zi «shamod» ma’nosida keladi va Qo’qon (HO’qand) «Shamol shahri», «sershamol shaxdr» ma’nosida bo’lishi mumkin, deb ta’kidlaydi.
Dastlab «Hudud al-olam» da Xo’kand, Xuvakand — xalq zich yashaydigan shaharcha deyilgan. Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Xo’kand (Xuvokand) va Xo’qand (Xuvoqand) shakllarida qayd qilingan. «Boburnoma» da Xo’qon viloyati deb tilga olingan. Hozirgi Qo’qon shahri tarixiy Xo’qand o’rnida XVIII asrda o’zbeklarning ming urug’i boshlig’i Shohruhbiy tomonidan barpo etilgan. V. V. Bartol’d shaxdr nomining adabiy jihatdan to’g’ri shakli Xo’kand bo’lib, Qo’qon jonli tilda talaffuz etilishidir, deb hisoblaydi.
Yuqoridagi olimlarning turli izohlaridan qat’i nazar, hozirgi kunda qadar Qo’qon so’zining etimologiyasi ilmiy asosda o’rganilgan emas.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling