1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet57/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Qaqir
Uchqo’rg’on — Namangan viloyati Norin daryosi bo’yida joylashgan. Uchqo’rg’on deb nom olishiga asosiy sabab ilgari Uchqo’rg’onda uchta katta qo’rg’on bo’lib, uni qurgan egalari bo’lgan ekan. Bu qo’rg’on egalari XIX asrlarda hozirgi Uchqo’rg’on hududiga hukmronlik qilishgan. Asrimizning 20- yillaridan so’ng bu qo’rg’onlar yo’q bo’lib ketgan. Ammo qo’rg’on bo’lganligi sababli uning nomi Uchqo’rg’on nomi bilan saqlanib qolgan.
SulduzAndijon tumanidagi qishloq; sulduz qabilalaridan birining nomi. Sulduzlar Chingizxon davrida o’rmonda yashagan ko’chmanchilar bo’lishgan; sulduz aslida suldez bo’lgan. «Sulde» mongolcha «bayroq», «s» esa ko’plik qo’shimchasi, demak «suldes» — bayroqlar demakdir.
Qaqir — Andijon viloyati Xo’jaobod tumanida hamda Farg’ona viloyati Quva tumanidagi qishloqlar nomi. Qaqir suv etib bormaydigan, qaqrab yotgan yer degan ma’noni bildiradi.
Chuvalachi — Farg’ona viloyati Bag’dod tumanidagi qishloq. Toshkent shahridagi ko’cha nomi. Tojikcha «katta qop» ma’nosidagi juvol so’zidan kelib chiqqan, degan fikr bor.
Dilkushod — Andijon viloyati Xo’jaobod tumanidagi qishloq. Hozirgi Dilkushod davlat xo’jaligi hududida joylashgan Dilkushod qishlog’ining o’rni avval, ya’ni XVI — XVII asrlarda katta karvonsaroy bo’lgan ekan. Xitoyga Arabistondan ketayotgan savdogarlar shu karvonsaroyda tunab o’tar ekanlar. Xullas, Dilkushod katta savdo yo’lida joylashgan ekan. Dilkushod nomi qayerdan kelib chiqqanligi haqida rivoyatlardan birida shunday deyiladi: Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur tez-tez Ush shahriga borib turar ekan. Doim yo’lda shu Dilkushod qishlog’ida to’xtab dam olar ekan. Bobur Dilkushodda qo’nganda qishloqni tomosha qilar, undagi go’zal tabiat manzarasidan ilhomlanib she’r yozar ekan. Dillarni shod etuvchi so’lim dam olish joyi ekanligidan mamnun bo’lib, qishloq nomini «Dilkushod» bo’lsin degan ekan. Dilkushod qishlog’ining qadimiyligi yana shundaki, u yerda yer haydayotgan paytda bir xumcha chiqqan. Xumchaning ichidan XVI — XVII asrga oid taygalar, oltin buyumlar topilgan. Shu narsalar bu qishloqning qadimiy ekanligini isbot qiladi. Qishloq tog’ bag’rida bo’lganligi, manzarasi, iqlimi va bahavoligi bilan darhaqiqat dilni shod etadi.
Bag’dod — Farg’ona viloyatidagi tumanlardan biri. Viloyat markazidan 10 kilometr narida joylashgan. Bag’dod nomining etimologiyasi qadimiy tarixga ega. Ma’lumki, Iroq davlatining markazi hisoblangan Bag’dod XII asrdayoq madaniyati gullagan shahar bo’lgan. Bag’dod — xudo bergan joy ma’nosidadir deb ta’kidlaydi filologiya fanlari nomzodi Haydarali Uzoqov.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling