1-Мавзу: Etnomadaniyat fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.74 Mb.
bet55/58
Sana10.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1257548
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
15. Etnik va ijtimoiy xotira.Toponimika - etnos ongning tarkibiy qismi.

Farg’ona — antik davr yunon olimlari bu viloyatdan deyarli bexabar qolganlar. Makadoniyalik Iskandarning Xo’jandgacha kelgani aniq. Ammo undan sharqiyqa, Farg’onaning ichiga o’ta olmagan. Shuning uchun bo’lsa kerak, yunoncha kitoblarda qadimiy Farg’onaning tavsifi yo’q. U tomonda «YAksart orqasida» allaqanday o’troq aholi borligigina qayd etilgan, xolos. Faqat ilk o’rta asr adabiyotidagina Farg’ona nomi qayd etilgan.
Farg’ona nomining ma’nosi shu choqqacha aniqlangan emas. Lekin bu haqda bir qancha izoh, taxmin va mulohdzalar bor: Gerodotning yozishicha, qadim zamonlarda O’rta Osiyoda Parikan nomli qabila bo’lgan; sanskrit tilida parkana deb kichik viloyatga aytiladi; pari xona, ya’ni «go’zallar yurti» degan ma’nosi ham bor; forscha parand (arabcha farand) — «shoyi», «ipak» so’zlaridan kelib chiqqan (farandxona — ipakxona degani); qadimiy fors-tojikchada pargona — «tog’ oralig’idagi vodiy» demakdir. Bu so’zni mahalliy qabilalar o’rganib olib, o’z yurtlarini Farg’ona deb atay boshlaganlar; Farg’ona «har xona» so’zlaridan olingan ham deyiladi. Bu yerning yaxshiligini bilib, har joydan turli qavmlar ko’chib kelgan, ekinzor barpo qilib, turg’un bo’lib qolgan. Xonadonlari har joy-har joyda, tillari ham har xil bo’lgan. Ularni «har xona» deganlar. Bu so’zlar iste’molda Farg’ona bo’lib ketgan, deydi Najib Bakron (XIII asr boshlari) o’zining «Jahonno-ma» kitobida. Buni Yoqut Hamaviy boshqacharoq izohlaydi: har xonadan bittadan kishi ko’chirilib keltirilgan, shundan «az har xona» (har xonadan) deyilgan, keyinchalik bu so’z Farg’ona bo’lib qolgan, deydi u; Tojikiston tog’lari (Turkiston, Zarafshon tizmalari) Falg’ar deb atalgan. Bu so’zning «tog’ etagi» degan ma’nosi ham bor. Shundan Farg’ona nomi yasalgan deydi N. G. Mallitskiy; parkana — qadimgi tojik tilida «berk vodiy» degan so’z. Pomirdagi rushon shevasida parkana deb «har tarafi tog’, bir yonigina ochiq bo’lgan vodiyga aytiladi» deydi prof. M. S. Andreev.
Zahiriddin Muhammad Bobur Farg’ona viloyatini tasvirlar ekan, M. S. Andreev aytgan rushoncha iborani o’zbekcha bayon yetgan: «Girdogirdi tog’ voqe’ bo’libtur. G’arbiy tarafidan. . . tog’ yo’qtur. Ushbu jonibtin o’zga hech jonibtin qish yog’i kelaolmas» (Boburnoma). Bir mulohaza. Antik dunyo tarixchilarining ma’lumotiga ko’ra, «parfiyaliklar» (Janubiy Turkmaniston) bir zamonlar skiflar orasidan quvilgan qabila edilar, parf so’zi skifcha «quvilgan kishilar» demakdir ... ularning kiyimi tiniq (ipak) va burmalidir. .. Ko’pincha ot minib yuradilar ... Parfiyaliklarning biridan-biri ko’chili — otliq askarlardir. . . Davan’ (Farg’ona) bilan An’si (Parfiya) shevalari o’rtasida ancha farq bo’lmasada, ularning tili xiyla o’xshash va ular gaplashganda bir-birini tushunadilar». Parf qabilasining ko’p xususiyatlari Farg’onada ham bor: yaxshi otlar, ipak kiyim, til o’xshashligi. «Farg’ona» nomi Parfiyona — Parfona — Farg’ona transformatsiyasi bo’lmaganmikan, degan fikr ham xayolga keladi.
Ammo yuqoridagi 10 ta izohning birortasini ham qat’iy deb aytolmaymiz. Faqat shunisi aniqki, bu viloyatning eng dastlabki nomi Farg’ona yoki Parfona bo’lganligini yirik sharqiyshunos V. A. Livshits isbotlab bergan.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling