1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika


Download 0.62 Mb.
bet18/122
Sana19.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1709505
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika.
Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va SHimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya’ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo’lgan. patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o’rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to’la bog’liq bo’lgan o’rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o’rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o’g’il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o’rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma’noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to’g’risida so’z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo’ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g’oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi.
Nominalizm va realizm. Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so’zlar yoki nomlar bo’lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo’tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o’xshash jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo’luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya’ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to’g’risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo’lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo’l bilan yechishning o’ziga xos timsoli bo’lgan.
SHunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling