1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 150.44 Kb.
bet28/37
Sana20.11.2023
Hajmi150.44 Kb.
#1789081
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org

Foma Akvinskiy (1224-1292) mo‘’tadil realizmning yana bir yirik vakili bo‘lib hisoblanadi. Foma o‘sha davr uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda u mo‘’tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi bo‘lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida xudo mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin.
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat bo‘lib, 600 masalani yoritishga bag‘ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy summalar»ning birinchi qismi xudoning mavjudligi va borlig‘i masalasida bahs yuritadi. Ikkinchi qismi «xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi.
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo‘lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o‘rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Yerdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida farishtalar dunyosi mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshqarilib turadi. Akvinskiy ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida g‘arbda hozir ham saqlanib qolgan.
O‘sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkamdir (1309-1349). Uning fikricha, ilohiyot aqidalari rasional (aql) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam, shuningdek, universaliylarning obyektiv mavjudligini inkor qiladi. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va muhimroqdir.


Rodjer Bekon (1214-1292) ham Okkam mansub bo‘lgan oqim vakillaridandir. U o‘z hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishlagan. Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday metodni XYII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish metodini qo‘llash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun o‘rta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o‘rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri — 1150 va 1300 yillarda — Foma Akviniyskiyning mo‘’tadil realizmi nominalizm ustidan g‘alaba qozondi. Lekin 1300 yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (rasionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi.


Download 150.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling