1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


Download 0.61 Mb.
bet10/18
Sana09.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1469154
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни

Adabiyotlar:

1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. −T., “O’zbekiston” nashr. 1997 y.


2. Karimov I.A. Istiqlol va mahnaviyat. −T., “O’zbekiston” nashr. 1994 y.
3. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. −T., Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993 y., 15-191 betlar.
4. Falsafa (o’quv qo’llanma). −T., “Sharq” nashr. 1999 y., 401-445 betlar.
5. Tulenov SH. Dialektika nazariyasi. −T., “O’zbekiston” nashr. 2001 y. 170-200 betlar.
6. Karimov I.A. Falsafa fanidan vahz (lektsiya) matnlari. −T., 2003 y. 65-82 betlar.
7. Falsafa asoslari. 2005 y. 227-272 betlar.
Takrorlash uchun savollar.
1. Falsafa tarixida bilish masalasi qanday hal qilingan?
2. Bilish nima? Bilishning asosiy bosqichlari nimalardan iborat?
3. Hissiy va mantiqiy bilishning xususiyatlari, shakllari haqida so’zlab bering.
4. Haqiqat nima?
5. Nisbiy hamda mutloq haqiqatlarni o’zaro munosabatlari qanday?
6. Haqiqatning mezonlari haqida nimalar deya olasiz?
7. Amaliyotning bilish jarayonidagi ahamiyati nimalardan iborat?
8. Ilmiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
9. Ilmiy bilishning empirik darajasini tavsiflab bering.
10. Bilishning empirik darajasi qaysi usullardan foydalaniladi?
11. Ilmiy bilishning nazariy darajasining xususiyatlari haqida so’zlang.
12. Nazariy bilishning shakllariga nimalar kiradi?


6 - Jamiyatni falsafiy anglash.
Reja:
1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar.
2. Jamiyatni falsafiy anglash. Jamiyatning mohiyati va o`ziga xos jihatlari
3. Davlatning jamiyat hayotidagi o`rni.


1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar.
Falsafa olam va odam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari, odamning olamdagi o’rni to’g’risida bahs yuritadi. Olam murakkab, u turli-tuman ko’rinishlarga ega. Jamiyat olamning eng murakkab ko’rinishlaridan biri. Biz avvalgi darslarda falsafaning tarkibiy qismi-antropologiya bilan tanishdik. Unda inson moddiy olam taraqqiyotning bevosita davomi, tabiiy evolyutsiyasining maxsum va ko’rinishi; xozirgi zamon odami Homo Sa’iens taraqqiyoti jamiyatning shakllanishi va taraqqiyoti hamdir degan xulosa keldik.
Bugun jamiyatni falsafiy anglash asoslari bilan tanishamiz. Jamiyat nima, uning moxiyati qanday, jamiyat taraqqiyoti qanday tarzda kechgan, degan savollarga javob beramiz. Biz a’zosi bo’lgan hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari haqida fikr yuritamiz.
Jamiyat arabcha “jamaha” so’zidan olingan bo’lib “umumiy” degan ma’noni ifodalaydi.
Qadimdan jamiyat nima? U qanday tuzilgan? Jamiyatni, uning mohiyatini bilish mumkinmi? Insonning jamiyatdagi o’rni qanday? kabi savollar olimlarni qiziqitirib kelgan.
Qadimiy davrdan to xozirga qadar yaratilgan jamiyat haqidagi qarashlarni uch-yo’nalishida o’rganish mumkin:
Dastlabki jamiyat haqidagi qarashlar diniy nuqtai – nazardan bo’lgan. Unga ko’ra olam, undagi barcha narsa va hodisalar, shu jumladan jamiyat va inson ham iloxiyot tomonidan yaratilgan. Jamiyatdagi barcha jarayonlar, o’zgarishlar sabablarini ilohiyotdan qidirmoq lozim. Kishillar hayotining barcha tomonlari ilohiy kuchlar ta’sirida kechadi, shuning uchun ham kishilar bu kuchlarga e’tiqod kilishlari lozim.
Kishilik jamiyati qadimdan boshlab turli ilmiy bilim sohalari vakillari tomonidan o’rganilgan.
Iqtisodiyot sohasidagi bilimlarni jamiyat iqtisodiyotini o’rganish orqali, tarix sohasidagi bilimlar turli tarixiy davrlarda kechgan ijtimoiy – tarixiy jarayonlarni o’rganish orqali hosil bo’lgan. Umuman olganda, jamiyatni turli-tuman fan sohalari o’rganadi.
Qadimiy yunon faylasufi Aristotelg’ jamiyatni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan o’rganlari ishlab chiqqan va “metafizika” deb nomlangan. Bu fanlar orasida siyosatga alohida o’rin bergan. Uning fikricha, jamiyat siyosiy mavjudotlardan tashkil topgan.
Amir Temurning “Temur tuzuk”larida jamiyat, uning iqtisodiy, siyosiy hayoti, jamiyat hayotini tashkil etish to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Hozirda jamiyat muammosi ijtimoiy-gumanitar fanlar: tarix, iqtisodiyot nazariyasi, ma’naviyat asoslari, xuquqshunoslik, siyosatshunoslik kabilar tomonidan o’rganilmogda.
Jamiyat xahidagi ilmiy-falsafiy qarashlar Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir olimlar tomonidan ilgari surilgan.
Buyuk olim Abu Nasr Farobiy asarlarida jamiyat muammosi chuqur falsafiy taxlil qilingan. U jamiyatning kelib chiqishi asosida tabiiy extiyojni qondirishi yotadi, degan nazariyani ilgari surgan. Tabiiy extiyoj kilishlarni birlashiishga, jamoaga uyushuviga, o’zaro yordamga olib kelgan. O’zaro yordam tufayli extiyojlar qondirilgna. Kishilar o’rtasidagi o’zaro yordam jamiyatni keltirib chiqargan. Insoniyat jamiyati turli xalqlardan tashkil topgan bo’lib, ular o’zaro bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, malaakalari, xususiyatlari bilan farqlanadilar.
Farbiy davlatlarni fozil va johillarga ajratadi. Fozil shahar yuksak axloqli va maxrifatli kishi tamonidan boshqariliyu, bu davat shahar aholisining o’zaro ko’maklashuviga, bir-biriga yordam berishga asoslanadi. “Odamlarga nisbatdan ularni birlashtirib turuvchi ibtibo - insoniylikdir. Shu tufayli odamlar odamzod turkumicha oid bo’lgani uchun ham o’zaro tinchilikda yashamoqlari lozim”. (Abu Nasr Farobiy, Fozil odamlar shahri. T., 1993 186-bet)
Abu Ali ibn Sino “Ijorat va tarbihat asosida inson o’z shahsiy talablari jihatidan boshqalardan, ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatda bo’libgina, ularni kondirishi mumkin”, deb xisoblanadi. U insonlarning jamiyatda tutgan o’rniga ko’ra 3 guruhga bo’ladi:
a) Davlat idoralarda hizmat qiluvchi va jamiyatni boshqarish ishi bilan tug’ullanuvchilar.
b) Xojat va zaruriy mashg’ulotlari ishlab chiqaruvchilar.
v) Davlatni qo’riqlash, uni turli tashqi xujumlardan saqlashni tahminlaydigan xarbiylar.
Ibn Sino jamiyatning paydo bo’lishi kishilarning birdamlikka bo’lgan tabiiy extiyotidan kelib chiqqanligini ko’rsatgan.
Abu Rayxon Beruniy birinchilardan bo’lib tsivilizatsiyalarning paydo bo’lishida tabiiy – geografik muhitning tutgan o’rnini asoslashga uringan.
U jamiyatni “idora qilish va boshqarishning mohiyati Aziyat chekkanlarning xuquqlarini ximoya qilish,birovlarning tinchligi yo’lida o’z tinchligini yo’qotidan iborat” deb bulgan.
Alisher Navoiy o’z asarlarida “ideal jamiyat” qiyofasini chizgan.
19 – asrning o’rtalariga kelib jamiyat, uning istiqbolini o’rganish xayotiy zaruriyatga aylandi. G’arbiy Yevropaning T.Spenser (1820-1907), Dyurxgeym (1858-1917) Gegelg’, M.Veber, V.Pareno singari olimlari Marks, Engelg’s jamiyat taraqqiyoti tabiiy – tarixiy jarayon, murakkab ijtimoiy tizim sifatida tadqiq etdilar.
Insoniyat azol-azoldan jamiyat bo’lib yashagan. Yer kurrasida yashayotgan odamlar oilasi jamiyatni tashil etadi.
Jamiyatni falsafiy taxsil kilish o’zining bir qator tamoyillariga ko’ra ilmiy taxlil kilishdan farqlanadi.
Falsafa boshqa fanlardan farqli ravishda jamiyat taxlilida qo’yidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Jamiyat bir butun yaxshiy olamning tarkibiy qismi, borliq, tabiatning o’ziga xos ko’rinishi, odamlar uyushmasining maxsus shakli.
2. Jamiyat bir butunlikni, yaxshiylikni tashkil etuvchi ijtimoiy tizimdir.
Falsafa jamiyatni o’rganganda uni yaxlitlik sifatida olib o’rganadi va uning mavjudligi, taraqqiyot qonunlarini ochib beradi.
3. Falsafa jamiyatning barcha tamonlari orasidagi aloqadorliklar va taraqqiyotni tadqiqi yetadi.
4. Falsafa jamiyat ham olam kabi uzluksiz xarakatda, o’zgarishda, taraqqiyotda deb biladi. (Qarash sxema 2)


2. Jamiyatni falsafiy anglash. Jamiyatning mohiyati va o`ziga xos jihatlari
Jamiyat o’z – o’zidan shaklangan va uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy organizmdir.
Jamiyatning shakllanishi, o’zgarishi taraqqiyoti tabiat singari qonuniy jarayon. jamiyat qonunlari tabiat qonunlaridan sifat jixatdan farqlanadi, ular quyidagilar. Birinchidan, taiat qonunlari olamdagi predmet va hodisalar, tibiiy hodisa kuchlarining o’zaro tahsiri shaklida namoyon bo’lsa, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari esa ongga ega bo’lgan kishilarning faoliyati orqali namoyon bo’ladi.
Ikkinchidan, uzoq amal qiluvchi tabiat qonunlaridan farq qiluvchi jamiyat qonunlari qisqaroq vaqib ichida amal qilish xususiyatiga ega. Ijtimoiy jarayonlarning Xususiyatlaridagi yana biri – ularning biologik qonuniyatlar va boshqa tabiat hodisalariga qaraganda yuqori tezlikda rivojlanishidir. Tabiatda sharoitning o’zgarishi bilan yangi qonunlarning kelib chiqishi odatda uzoq voqiylarga, million yoki milliard yillarda amalga oshadi, Ijtimoiy hayotda esa ahvol boshqacha bo’lib, bu sharoitlar nisbatan tez o’zgaradi. Kishilik jamiyatining ko’pgina qonunlari tabiat qonunlaridan oraqli o’laroq, mehlum tarixiy davrdagina amal qiladi, keyin ular uz o’rinlarini boshqa yagi qonunlarga bo’shatib beradilar. Bu hol insonlar ularni bekor qilganliklari uchun emas, balki bu qonunlar amal qiluvchi sharoitlar o’zgarganligi natijasida yuz beradi.
Uchinchidan, tabatda yangi qonunning qashor qilinishi va qo’llanishi ancha tekis amalga oshadi va bevosita ijtimoiy larzalarga olib kelmaydi. Tabiat qonunlarini qashor kilish va foudalanish ishlab chiqarishni rivojlanishi va texnikaningtakomillashishi extiyojlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun turli ehtiqodli kishilar tabiat qonunlarini ochishlari va o’z foydalari uchun ishlatishlari mumkin. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari esa, aksincha, kishilarning, jamiyatdagi sinflarning, turli guruh va tabaqalarning munosabatlarini qamrab olib to’ridan – to’g’ri, ularning manfaatlarida tahsir qilmasdan qola olmadi. Kishilar buni anglashi yoki anglamasligidan qathi nazar, ular iqtisodiy taraqqiyot qonunlarining talabini bazlaradilar, bunda ularning faoliyati tarixiy qonuniyatga mos keladi va ular o’z maqsadlariga erisha oladilar yoki bu talablarni bajarmaydilar, bunda jamiyat taraqqiyotida ixtirolar va ijtimoiy lorzalar yuz beradi.
Tabiat va jamiyat qonunlari o’rtasida farklar bilan birga yana bir mushtoroklik shuni, biosferaning noosfera bosqichiga o’itishi qonuniy jarayon bo’lib, buni anglab faoliyat yo’nalish belgilash tabiat (er)ni ham jamiyatni ham muqarar halokatdan saqlab qoladi. Xazirgi vaqtda jamiyat taraqqiyoti to’g’risida turli bulor qo’yidagilar:
Tarixiy jarayonni chiziqli tarzda tasovvur etish olamning yaratilishidan boshlangan yo’lni oxirigacha bir yo’nalishda tekis davom etadi, deb tushuntirishdir.
Formatsion taraqqiyot – ijtimoiy – iqtisodiy formaqillar taraqqiyoti.
qadimli davr – quldorlik
o’rta asrlar – feodalizm
yangi amon – kapitalizm
eng yangi davr – sotsializm va kommunizm.
Sivilizatsion yondashuv – jamiyat madoniy – tarixiy o’ziga xosligini va qator bosqichlarga bo’linishini tahkidlaydi.
Ingliz faylasufa A. Toynbi (1889-1975) tarixiy bilishda 13 sivilizatsiyani farqlaydi. Sivilizatsiya paydo bo’lishi va tarazuli turli mintaqalarda, turli xalqlarda turlicha kechadi. Tarix o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida tsivilizatsiyalar tarixidan iborat u O’rta Osiyo sivilizatsiyasiga alohida o’rin bergan har br qivilizatsiya o’z taraqqiyotida bir necha bosqichdan o’tadi:
- paydo bo’lish
- usish
- tanazzul
- barham topish.

3. Davlatning jamiyat hayotidagi o`rni.


Davlat – jamiyatni boshqarish tartibga solish alohida bir muassasodir. davlat umum – insoniy qadriyat, insoniyat mahnaviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.


Jamiyat mahnaviy salohiyotining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham tokomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning moxiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zaruranti vujudga keladi. Mustakillik yillarida milliy davlatchilik anhoralarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi.
Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli kontseptsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, xuquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohatlar siyosiy boshqaruvni yanada topomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratk jamiyat barpo etishga, kuchl davlotdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgandir.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni tartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasoba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’ormalar, xotin-kizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, maxalla qo’mitalari va boshqalar qiradi. mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha isloxatlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Demokratik jmiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Demokratik jamiyat iqtisodiy bozor munosobatlari orqali boshqariladi. Ijtimoiy raqobat, manfaatdorlik iqtisodiy rivojlanish qonuniyati. Demokratik jamiyat demokratik mahrifatli uquqiy davlatsiz shakllanaolmaydi.
“Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol topshirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlariga, uning xuquq va erkinliklarining to’la darajada ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi”. (Islom Karimov)
Fuqarolik jamiyati mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o’z ixtiyori asosida qurishga to’la erkinlikni tahminlovchi jamiyat.
Fuqarolik jamiyatini xususiyatlari:
1. Fuqarolik jamiyati murakkab tarkibiy elementlardan tashkil topgan.
2. Bu jamiyatda davlat faoliyati yuzasidan fuqarlarning to’la nazorati o’rnatiladi.
3. Davlatning ko’pgina vazifalari maxalliy joylarda fuqarolarning o’z – o’zini boshqarish organlari, jamoat birlashmalariga, nodavlat tashkilotlariga o’tkaziladi.
Bunday jamiyat asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siysiy va xuquqiy madaniyati, ijtimoiy – siyosiy faoliyatiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vaqolatining kupaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muxim ahamiyat kasb etadi. Maxalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarni kamol toptirish, o’z-o’zini boshqarish, demokratik qadriyayatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, mahnaviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga sammoqli xissa qo’shadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling