1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


BMTTDning O‘zbekistonda Korrupsiyani oldini olish sohasida milliy va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro faoliyati


Download 307.42 Kb.
bet39/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Bog'liq
Merged document

BMTTDning O‘zbekistonda Korrupsiyani oldini olish sohasida milliy va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro faoliyati.
Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa hisoblanib, u yoki bu darajada u hech qaysi mamlakatni chetlab o‘tmaydi. Korrupsiya demokratik institutlarga putur yetkazadi, iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi va davlatning poydevorlarini barbod qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, BMTning baholashlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha berilgan poralarning umumiy hajmi 1 trillion AQSh dollarigaga yetadi va bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 5%ga teng demakdir. Butun jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra esa, Korrupsiya sababli biznesni yuritishga ketadigan xarajatlar o‘rtacha 10%ga ortadi. Shuningdek u sababli suv infrastrukturasini qurish bahosini qariyb 40%ga - ya’ni 12 mlrd AQSh dollariga oshiradi va bu miqdordagi mablag‘ bir yilda butun jahonda toza ichimlik suvi va sanitariyani ta’minlashga yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi soxtakorlik va o‘z lavozimini suiiste’mol qilish oqibatida ba’zi hukumatlar yiliga 12 mlrddan 23 mlrd AQSh dollarigacha bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni sarflashga olib keladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga binoan, butun dunyodagi 25% sotib olinadigan dori vositalari mansab vazifasini suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va boshqa korrupsiyaga oid faoliyatlar oqibatida yo‘qolishi mumkin ekan.
Jahon bo‘ylab barcha hukumatlar, biznes tuzilmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bu jinoyatga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirmoqdalar. Hamkorlikdagi xalqaro kampaniya 2015 (Breakthechain – bu yovuzlik iskanjasini parchalashga yordam ber) korrupsiyaning demokratiya va qonun ustuvorligini qanday buzayotganligi, inson huquqlarining buzilishiga olib kelayotgani, bozorlarga talofat yetkazayotgani, hayot sifatini pasaytirishi va uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligining boshqa tahdidlari rivojlanishiga imkon yaratishini ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan. Mazkur kampaniya dunyoning ijtimoiy tarmoqlarida ham keng yoritilmoqda. Breakthechain kampaniyasi tashkilotchilari kompleks jinoyat sanalgan korrupsiya ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mavjud ekaniga e’tibor qaratmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi kurash barqaror rivojlantirish, xususan, qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash sohalarida maqsadga erishishning muhim tomoni hisoblanadi.



Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling