1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Qonun tushunchasi. Falsafaning asosiy qonunlari


Download 307.42 Kb.
bet19/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
Merged document

Qonun tushunchasi. Falsafaning asosiy qonunlari.

Taraqqiyot va o`zaro aloqadorlikning falsafiy g’oyalari dastlab stixiyali shaklda ifoda etilgan edi. So`ngra uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida olamni bilish nazariyasi va metodologiyasi sifatida tarkib topadi va rivojlanadi. Taraqqiyotning qonunlari va kategoriyalari falsafa ilmining buyuk donishmandlari tomonidan kashf etilgan. Qonun nima?
Qonun deb voqelikdagi buyum va hodisalar o`rtasidagi muhim, ichki, zaruriy, takrorlanadigan, ob’ektiv bog’lanishlarga aytiladi. Muhim bo`lmagan, tasodifiy bog’lanishlar qonuniyatli bog’lanishlar emas. Fan uchun qonuniyatli bog’lanishlarni o`rganish muhimdir. Fanning vazifasi qonuniyatni aniqlash va qonunni ochishdir. Qonunlar xilma-xil bo`ladi: tabiat qonunlari, jamiyat qonunlari, mantiq qonunlari, fan qonunlari va falsafiy-dialektik qonunlar. Ta’sir doirasiga ko`ra qonunlar xususiy, umumiy va eng umumiy bo`ladi. Taraqqiyot qonunlari eng umumiy qonunlar sirasiga kiradi. Nemis faylasufi Gegel ana shunday qonunlardan uchtasini ochgan. Ular quyidagilar:

  1. Miqdor va sifat o`zgarishlarining o`zaro bir-biriga o`tish qonuni.

  2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.

  3. Inkorni inkor qonuni.

Taraqqiyot qonunlaridan birinchisi miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`zaro o`tish qonuni deb yuritiladi. Mazkur qonun sifat, miqdor, me’yor kategoriyalari bilan ish ko`radi.
Sifat deb narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari majmuasiga aytiladi. Har bir narsa asosiy va asosiy bo`lmagan, muhim va muhim bo`lmagan xususiyatlarga ega. Asosiy hususiyatlar o`zgarsa, sifat ham o`zgaradi. Sifat narsa va hodisalarning o`zaro bir-biridan farqini bildiradi, ayni vaqtda sifat narsalarning umumiy tomonlarini ham ifodalaydi. Masalan, paxta o`simligini olaylik. Uning oqligi, tolasining yumshoqligi, mayinligi paxtaning asosiy bo`lmagan xususiyatlaridir. Paxta tolasining uzun-kaltaligi, pishiqligi, yo`g’on-ingichkaligi asosiy asosiy xususiyatlari bo`lib, ular birgalikda ''paxta'' degan sifat(narsa)ni tashkil etadi. Shakarning sifati uning maydaligi yoki oqligi emas, balki shirinligidir. Qalampirning sifati uning qizilligida emas, balki achchiqligidir. Sifat miqdor bilan bog’langan. Miqdor nima?
Miqdor deb narsalarning soni, katta-kichikligi, hajmi va boshqa kattaliklarni ifodalovchi tushunchaga aytiladi. Miqdor narsalar o`xshashligi, bir xilligini bildiradi. Masalan: aholining soni miqdorni bildiradi.
Sifat va miqdor o`zaro bog’langan, ular birligining me’yor (o`lchov) ta’minlaydi. Sifat va miqdor nisbati shundayki, miqdor o`zgarsa, narsa o`zgarmay qolishi mumkin. Biroq uning ham me’yori bor. Xalq maqolida aytilganidek, «toma-toma ko`l bo`lur, tommay qolsa, cho`l bo`lur», «oz-oz o`rganib dono bo`lar». Boshqa bir misol: suvni qizitishni ma’lum nuqtagacha davom ettirsak, suv o`z sifatini o`zgartirmaydi, biroq bu jarayon yanada davom ettirilsa, harorat yuz darajagacha etgach, suv bug’ga aylanadi, demak sifat o`zgarishi yuz beradi. Bunda suvning me’yori buziladi.

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling