1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Download 307.42 Kb.
bet22/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
Merged document

Inkorni inkor qonuni. Bu qonun inkor, inkorni inkor, taraqqiyot bilan bog’liq inkor kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Bu qonunning asosiy xususiyatlari quyidagilar: inkorni inkor qonuni - tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy, ob’ektiv xarakterga ega bo`lgan qonunidir;metafizik inkordan tubdan farq qiladi; dialektik inkorning mohiyatini ifodalaydi; yangi sifat bilan eski sifat o`rtasidagi aloqadorlikni aks ettiradi; yangi sifat eski sifatning qonuniy merosxo`ri ekanligini ifodalaydi; inkorni inkor taraqqiyotning aylanma yo`llar bilan quyidan yuqoriga ko`tarilib borishini, yangilik g’alabasini aks ettiradi; inkorni inkor yangining engilmasligi, uning ruhi bilan yashashni o`rgatadi; inkorni inkor olamni bilishda muhim metodologik ahamiyatga ega.

  1. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.

Taraqqiyot va o`zaro bog’lanishlarning asosiy bo`lmagan qonunlari ham bor. Ularni odatda kategoriyalar deb yuritiladi. Ular juft kategoriyalardir. Kategoriyalarning o`zaro qonuniy bog’lanishlarini ham Gegel ochgan.
Har bir fanning kategoriyasi bo`lganidek, falsafaning ham kategoriyalari mavjud. Kategoriya deb buyum va hodisalarning eng muhim va eng umumiy xossalarini, tomonlari va munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi.
Kategoriyalar toq, juft yoki hamnisbat bo`lishi mumkin. Toq kategoriyalar: borliq, substantsiya, materiya, ong, harakat va boshqalar. Hamnisbat kategoriyalar: ayrimlik, xususiylik va umumiylik, sistema, struktura va element.
Juft kategoriyalar: ayrimlik va umumiylik; sabab va oqibat; mazmun va shakl; zaruriyat va tasodif; mohiyat va hodisa; qism va butun; imkoniyat va voqelik.
Gegel «Mantiq fani» asarida asosiy qonun va kategoriyalarni ta’riflagan. Uningcha, dialektika (taraqqiyot to`g’risidagi ta’limot), mantiq va bilish nazariyasi bir biriga mos tushunchalardir. Taraqqiyotning falsafiy mazmunini, mohiyatini ochishda unga zid bo`lgan bir qator tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim. Metafizika, eklektika, dogmatizm, indeterminizm, sofistika, regress ana shunday tushunchalardan hisoblanadi.

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling