1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja
Download 307.42 Kb.
|
Merged document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indeterminizm
- Regress
Dogmatizm - aqidaparastlik demakdir. U bir xil andozada qotib qolgan qoidalarga suyanadi, yangilanishni, ijodiylikni inkor etadi. Haqiqat sharoit, o`rin va vaqtga bog’liq degan qoidaga amal qilmaydi. Dialektika nomi bilan yuritiluvchi taraqqiyot g’oyasi esa har bir hodisa, ta’limot vaqtga, joyga, sharoitga bog’liq holda o`zgarib turadi, deb ta’lim beradi. Eklektika - bir-birini inkor qiladigan tuturiqsiz fikrlarni sun’iy ravishda birlashtiradigan nuqtai nazar, turli qarashlarni bir-biriga aralashtirib yuborish usulidir. Indeterminizm hodisalar o`rtasidagi sababiyatning qonuniy ekanligini rad etadi. Boshqacha aytganda, sababiy qonuniyatning ob’ektivligini asoslab beruvchi determinizmning aksidir. Sofistika - eng qadimgi soxta munozara yuritish sanoati bo`lib, tinglovchini adashtiradigan, haqiqatni yolg’on, yolg’onni haqiqat deb e’lon qiladigan usuldir. Bu haqda oldingi Ma’ruzalarda aytib o`tildi. Regress - taraqqiyotning yuqori bosqichidan quyi bosqichiga qarab qaytishi bo`lsa, progress taraqqiyotning quyidan yuqorilab borishini bildiradi.
Borliqni o`rganishda falsafa o`z tamoyil (printsip)lari asosida ish ko`radi. Tamoyillar borliqni bilish va izohlashdagi eng muhim g’oyalardir. Hozirgi zamon falsafasida quyidagi tamoyillardan keng foydalaniladi: 1) taraqqiyot tamoyili; 2) umumiy aloqadorlik tamoyili; 3) tarixiylik tamoyili; 4) sababiylik tamoyili; 5) tizimiylik tamoyili va x.k. Qonunlar tizimini taraqqiyotning ifodasi bo`lgan kategoriyalar mazmunan to`ldiradi, turli tomondan ularga aniqlik kiritadi. Kategoriyalarni o`rganishda ularni uch toifaga bo`lish mumkin: umumfalsafiy kategoriyalar; taraqqiyot va o`zaro aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalar, ijtimoiy falsafa kategoriyalari. Umumfalsafiy kategoriyalar o`zining umumiyligi bilan xarakterlanadi, masalan, materiya, borliq, harakat, miqdor, sifat, ziddiyat, inkor, qarama-qarshilik, qonun, qonuniyat va h.k. Bu haqda yuqorida aytib o`tildi. Ijtimoiy falsafa kategoriyalari esa jamiyat taraqqiyoti bilan aloqador narsa-hodsalarning eng umumiy xususiyatlarini ifodalovchi tushunchalardir: ijtimoiy borliq, ishlab chiqarish, shaxs, qadriyat v ax.l. Taraqqiyotning falsafiy g’oyasi bilan bog’liq kategoriyalar ichida juft kategoriyalarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Ularning ba’zi birlarini qarab chiqamiz. Download 307.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling