1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja
Download 307.42 Kb.
|
Merged document
Mohiyat va hodisa. Inson kundalik hayotida minglab turli tuman hodisalarga duch keladi. Masalan, ertalab uydan tashqari chiqsangiz, yer sathining ho`l bo`lganini, daraxtlarda mayda suv zarrachalari yaltirab turganini ko`rasiz. Bu hodisa bo`lib, uning mohiyati kechasi yomg’ir yoqqanligidir. Biror joyda quyuq tutun buralib chiqayotganini ko`rasiz. Bu hodisa bo`lib, mohiyati esa yong’indir. Hodisa mohiyatning sezgilar yordamida bilish mumkin bo`lgan yuzasida yashovchi belgi va xususiyatlaridir. Hodisada mohiyat yashiringan bo`ladi. Mohiyat esa narsa- hodisalarning mazmunini tashkil etuvchi ichki, zaruriy, barqaror bog’lanishlar majmuidir. Masalan, istiqlolning mohiyati - millatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-g’oyaviy, madaniy-ma’naviy mustaqilligidir. Fuqarolik jamiyati va huquqiy-demokratik davlatning mohiyati - xalq irodasi, erkin-emin saylovlarda va davlatni boshqarishdagi ishtirokidir.
Mohiyat va hodisa aloqasi shundayki, hodisa mohiyatli, mohiyat hodisalidir. Mohiyat hodisada ifodalanadi. Ammo hamma vaqtda ham hodisa va mohiyat bir-biriga mos tushmasligi mumkin. Hodisa yuzada yashaydi, uni payqash oson, mohiyat yashirin bo`ladi, shuning uchun uni ochish va bilish qiyin. Hodisa mohiyatga qaraganda xilma-xil va o`zgaruvchan bo`ladi. Mohiyat turg’unroq, nisbiy barqarordir. Ammo u ham o`zgarib turadi. Masalan, odamning kiyinishi, tashqi ko`rinishi uning mohiyatini ifodalamasligi, aldashi ham mumkin. Shunga qaramay odamning mohiyati uning xatti-harakati, yurishi, kiyinishi, do`stlar davrasida namoyon bo`ladi. «Sen do`stlaringning kimligini ayt, men sening kimligingni aytib beraman», degan maqol mohiyatning hodisada namoyon bo`lishini yaqqol ko`rsatadi. Mohiyat narsani narsa, buyumni buyum qilib turgan narsa, mohiyat o`zgarsa buyum ham o`zgaradi.Fanning vazifasi mohiyatni ochishdan iborat. Bilim hodisani o`rganishdan boshlanadi, so`ng mohiyat bilib olinadi. Birinchi tartibdagi mohiyatdan ikkinchi tartibdagi mohiyat bila borish tufayli bilim chuqurlashadi. Mohiyatni bilish narsa, jarayonning paydo bo`lishi, rivojlanishi sababini, uning muhim hususiyatlarini bilib olishga yordam beradi. Download 307.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling