1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


Download 307.42 Kb.
bet25/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
Merged document

Mazmun va shakl. Har bir narsa-hodisa o`z mazmuni va shakliga ega. Mazmun deb narsa va hodisalarni tashkil etuchi unsurlarning muayyan tarzda tartibga solingan yig’indisiga aytiladi. Mazmun shaklda ifodalanadi. Shakl mazmunning ichki tashkil topishi, namoyon bo`lish uslubidir. Mazmun va shakl o`zaro bog’langan. Mazmun tez o`zgaradi, shakl-sekin. Shakl mazmunning rivojiga keng yo`l ochib beradi, ammo ular bir-biriga mos kelmay qolishi ham mumkin. Shunda eski shakl uloqtiriladi, mazmun yangilanadi. Mazmun va shakl kategoriyalari struktura, sistema va element kategoriyalari bilan ham bog’langan. Shakl struktura kategoriyasi orqali yanada rivojlantiriladi. Struktura yaxlit bir butunlik tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy barqaror bog’lanishining usulidir. Struktura narsalarning barqarorligini, sifat muayyanligini, doimiyligini bildiradi. Agar ob’ekt o`zaro bog’langan va o`zaro ta’sir etuvchi qism hamda unsurlardan iborat bo`lsa, unga sistema sifatida qarash mumkin.
Sistema ichdan yoki sirtdan tartibga solingan ko`pdan ko`p o`zaro bog’langan elementlar majmuasidir. Sistema element va strukturadan tashkil topadi. Element murakkab narsa, hodisa, jarayonlarning bundan boshqa bo`linmas komponentlari /tarkibiy qismlari/dir. Sistemaning ichki jihatdan tartibga solinganligi uning elementlari o`rtasidagi aloqalar, o`zaro ta’sirlar, qonunlarning majmuasida ifodalanadi. Har bir qonun hodisalar o`rtasidagi aloqalarning biror tipini yoki tartibini ifodalaydi. Masalan, o`simliklar sistemasi, quyosh sistemasi, xalq xo`jaligi sistemasi, oliy asab sistemasi, oliy taolim sistemasi.
Zaruriyat va tasodif. Zaruriyat sabab ta’sirida oqibatning qatoiy izchillik bilan yuzaga chiqishidir. Zaruriyat hodisalarning ichki mohiyatidan kelib chiqadi. Tasodif - zaruriyatning teskarisi. U mazkur hodisaning mohiyatida emas, u zaruriyatga qo`shimcha sifatida namoyon bo`ladi.
Tasodiflar xilma xil bo`ladi: ijobiy va salbiy tasodiflar. Ijobiy tasodiflar tabiatda qazilma boyliklarning topilishi, radioaktiv elementlarning kashf etilishi va boshqalar. Jamiyatda isteododli shaxslarning el-yurtga boshchilik qilishi, rahnamo bo`lishi, tarixiy burilishlarning aniq bir sanaga to`g’ri kelishi va h.k. Tafakkurda muayyan qonunlarning ochilishi, muayyan tarixiy shaxslarning bunga muyassar bo`lishi va x.k. Salbiy tasodiflar: tabiatda vulqonlarning otilib chiqishi, biror sanaga to`g’ri kelishi, do`l yog’ishi, yong’inlar, to`fonlar, zilzila va x.k. Jamiyatda qirg’in urushlar, iste`dodli shaxslarning fojeali halokati, qobiliyatsiz shaxsning yurtga bosh bo`lishi va x.k.
Zaruriyat va tasodif ilm, fan oldiga qator masalalarni ko`ndalang qilib qo`yadi. Fanning vazifasi ijobiy tasodiflarni o`rganish, qonuniyatni aniqlash, ularni zaruriyatga aylantirish; salbiy tasodiflarni avvaldan payqash, ularni bartaraf etishdan iborat.

Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling