1-Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. Reja
Download 98.47 Kb.
|
1-mavzu Sirtqi IQT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arab bosqini va islom dini.
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidxarta urug‘idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo‘lgan. Buddaviylik islomga qadar O‘rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o‘rin tutadi. Bu ta’limot O‘rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, uni Toxaristonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Xalqchil bo‘lganligi uchun O‘rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O‘rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to‘rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha etib kelmagan. Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O‘rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning axloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga da’vat etuvchi g‘oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Uchinchi bosqich. Bu davrda O‘rta Osiyoda buddaviylik ta’limotining manbalari yoyilgan. To‘rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O‘rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan. Buddaviylikning O‘zbekiston va Hindiston xalqi o‘rtasida o‘z davrida ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari ham o‘sha davrga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqishi tasodifiy emas. Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog‘onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar ro‘y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‘onoti bilan sosoniylar eroni o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi halqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‘qligi, o‘zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sabab bo‘ldi. Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi arabcha tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo‘yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. «Sunna» esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so‘zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. SHariat (to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo‘nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi. Xorijiylar yo‘nalishi o‘rta asrlar davrida ko‘pgina oqimlarga bo‘linib, keyinchalik yo‘qolib ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan. Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda bir-biridan farq qiladi. Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan ajralib turadigan diniy guruhlardir. SHialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan. Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchiliklar natijasidir. Islomda hanafiylik, ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniy-aqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan. Download 98.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling