1-Mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi. Reja


Falsafa kishilarga olam to‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o‘rganadi


Download 98.47 Kb.
bet2/14
Sana22.10.2023
Hajmi98.47 Kb.
#1716409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-mavzu Sirtqi IQT

Falsafa kishilarga olam to‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim jihatlarini o‘rganadi. Masalan, biologiya o‘simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o‘zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o‘rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo‘nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o‘zi nima, uning mohiyati qanday? Masalaning aynan shu tahlitda qo‘yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo‘nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik Filosof so‘zini, yuqorida aytganimizdek ilk bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo‘llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya o‘yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, kuch sinashish, ya’ni o‘zi va o‘zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh savdo-sotiq qilish, boyligini ko‘paytirish uchun, uchinchisi esa, o‘yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruxga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko‘ra, faylasuflar edi.
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kiddab, shunday yozgan: «Ular, avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o‘zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishi­larning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfustiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o‘z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to‘plangan bilim va tajribalarni o‘

Download 98.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling