Metodologiya — bilish va o`zgaruvchan faoliyat usullari to`g`risidagi ta’limot. - Metodologiya — bilish va o`zgaruvchan faoliyat usullari to`g`risidagi ta’limot.
- Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, xukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muxokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, holis o`rganuvchi ta’limot. Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to`g`risidagi fan. Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go`zallikning o`rni, qonun-qoidalari to`g`risidagi qarashlar majmui
- Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
- dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat. Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi
- Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin.
- Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. - Mifologik dunyoqarash.
- Diniy dunyoqarash
- Falsafiy dunyoqarash.
Mifologik dunyoqarash. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif –turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |