1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafaning yangi sohalari


Download 408.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana08.04.2023
Hajmi408.81 Kb.
#1342190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati

Falsafaning yangi sohalari. Falsafiy bilimning tuzilishi o‗zgarmas, uzil-kesil 
shakllangan emas. Falsafaning rivojlanishi va u hal qilayotgan muammolar doirasi 
kengayishiga qarab falsafiy bilim tuzilishida ham o‗zgarishlar yuz beradi. Ilmiy 
nazariyalar yoki falsafiy g‗oyalar inqirozga uchragan yoki o‗zining asossizligini 


namoyish etgan taqdirda, ularning bilim tizimidagi o‗rni va rolini qayta baholash 
amalga oshiriladi, bu esa ba‘zan ularning nazariy va amaliy ahamiyati yo‗qolishiga 
olib keladi. Masalan, flogiston nazariyasi, «falsafa toshi»ni izlash, 
empiriokrititsizm falsafasi va o‗z ahamiyatini yo‗qotib, tarix mulkiga aylangan 
boshqa ko‗pgina g‗oyalar bilan shunday bo‗lgan. Bugungi kunda falsafa bilan ham 
shunga o‗xshash hodisa yuz beryapti, degan fikr mavjud. Hatto falsafa o‗lyapti deb 
hisoblaydiganlar ham yo‗q emas.
Darhaqiqat, o‗zini oqlamagan g‗oyalar, yo‗nalishlar va konsepsiyalar bisyor
ularning aksariyati hozir juda og‗ir ahvolda, ayrimlari esa kuchli inqiroz holatini 
boshdan kechirmoqda. Ammo falsafa o„zining birinchi ma‟nosida – «donolikni 
sevish» sifatida, haqiqatning tagiga etish usuli sifatida, jon holati sifatida va 
nihoyat, dunyoqarashning alohida shakli sifatida insoniyat turguncha mavjud 
bo„ladi.
Buni falsafiy bilimning ayrim nisbatan yangi sohalari ham tasdiqlaydi (ba‘zan ular 
mustaqil falsafiy fanlar maqomiga da‘vogarlik qiladi). Ular falsafa yondashuvlari 
va metodlari jamiyat hayotining ayrim jabhalari, murakkab ob‘ektlar, muayyan 
fanlar va shu kabilarni o‗rganishga nisbatan qo‗llanilishi natijasida yuzaga keldi. 
Ularning aksariyati falsafaning eng yangi tarixi bilan bog‗liq bo‗lib, asosan XX 
asrga tegishlidir. Bu erda avvalo tabiat falsafasi, huquq, fan, tarix, siyosat, san‘at, 
din, texnika falsafasi, tanatologiya, gerontologiya va boshqalar nazarda tutilmoqda. 
O‗tgan asrning so‗nggi o‗n yilliklarida tadqiqotning yana bir yangi va o‗ta muhim 
sohasi – globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi paydo 
bo‗ldiki, uni o‗rganish ham foydadan xoli bo‗lmaydi.

Download 408.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling