1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Download 408.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana08.04.2023
Hajmi408.81 Kb.
#1342190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati

ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan 
yaratilgan?», degan savol bilan bog„langan. O„sha davrda bu savol eng muhim, 
asosiy, birinchi darajali hisoblangan.
O‘rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» 
quyidagicha ta‟riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona 
asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar, xususan neotomizm 
uchun u hozir ham bosh masala bo„lib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning 
asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targ‗iboti 
o‗zaro munosabati, biridan-ikkinchisiga o‗tishni har tomonlama tekshirish uchun 
zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat
1

Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo„lib, u «Inson nima?» 
degan savolni mohiyat e‟tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi. 
Uning fikricha, inson ikki dunyo – tabiiy zarurat va ma‟naviy erkinlikka mansub 
bo„lib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa 
tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning o„z-o„zidan yaratish» 
natijasidir
2

Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ o„zi uchun o„zi hal qilishi lozim 
bo„lgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida 
e‟tirof etiladi, zero, mazkur yo„nalish namoyandalarining fikriga ko„ra, bu savolga 
javobsiz qolgan hamma narsa o„z ma‟nosini yo„qotadi. Fransuz ekzistensialist 
faylasufi A.Kamyu ta‘biri bilan aytganda: ―Hayot yashashga arzishi yoki 
arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob topish 
demakdir‖
1
. Masalan, pragmatizm asosiy e‘tiborni haqiqat tushunchasiga va uni 
aniqlash muammosiga qaratadi. Bu yo‗nalish vakillarining fikriga ko‗ra, falsafa 
avvalo ayni shu muammo bilan shug‗ullanishi va insonga amalda foyda keltirishi 
lozim.

Download 408.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling