ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan
yaratilgan?», degan savol bilan bog„langan. O„sha davrda bu savol eng muhim,
asosiy, birinchi darajali hisoblangan.
O‘rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi»
quyidagicha ta‟riflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona
asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar, xususan neotomizm
uchun u hozir ham bosh masala bo„lib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning
asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targ‗iboti
o‗zaro munosabati, biridan-ikkinchisiga o‗tishni har tomonlama tekshirish uchun
zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat
1
.
Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo„lib, u «Inson nima?»
degan savolni mohiyat e‟tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi.
Uning fikricha, inson ikki dunyo – tabiiy zarurat va ma‟naviy erkinlikka mansub
bo„lib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa
tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning o„z-o„zidan yaratish»
natijasidir
2
.
Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ o„zi uchun o„zi hal qilishi lozim
bo„lgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida
e‟tirof etiladi, zero, mazkur yo„nalish namoyandalarining fikriga ko„ra, bu savolga
javobsiz qolgan hamma narsa o„z ma‟nosini yo„qotadi. Fransuz ekzistensialist
faylasufi A.Kamyu ta‘biri bilan aytganda: ―Hayot yashashga arzishi yoki
arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob topish
demakdir‖
1
. Masalan, pragmatizm asosiy e‘tiborni haqiqat tushunchasiga va uni
aniqlash muammosiga qaratadi. Bu yo‗nalish vakillarining fikriga ko‗ra, falsafa
avvalo ayni shu muammo bilan shug‗ullanishi va insonga amalda foyda keltirishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |