1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafani siyosiylashtirish va sxemalashtirishning oqibatlari


Download 408.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana08.04.2023
Hajmi408.81 Kb.
#1342190
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati

Falsafani siyosiylashtirish va sxemalashtirishning oqibatlari. Falsafani o‗ta 
siyosiylashtirish ma‘lum ma‘noda zararlidir. Chunki sobiq sovet tuzumi davrida 
ayni falsafiy bilimni mutlaqlashtirish, uni siyosiy bilim doirasi bilan chegaralash 
oqibatida falsafa siyqalashdi, uning asl mazmuniga putur etkazildi. Shuningdek
falsafaning barcha vaqtlarda va har qanday sharoitda o‗z ahamiyatini saqlab qolishi 
mumkin bo‗lgan, qolgan barcha masalalarni istisno etadigan birdan-bir to‗g‗ri 
asosiy masalasi bormi? Bizningcha, mazkur uzil-kesil ta‘rif kontekstida bunday 
masala mavjud emas. Birinchidan, ayni holda tarixiy davrni ham, falsafiy 
bilimning plyuralistik tabiatini ham hisobga olish talab etiladi. Ikkinchidan, 
1
Ибн Сино Донишнаме.-М.: 1957, -С. :7 
2
Кант И. Соч.Т.6 –М.: Наука, 1997.-С351 
1
Камю А.// Всемирная энциклопедия.Философия. –М.: Современные тетради, 2001. –С.344. 


qandaydir bitta muammoni faqat u yoki bu muayyan vazifani echish maqsadida 
murakkab masalalarni sxemalashtirish, ataylab soddalashtirish to‗g‗risida so‗z 
yuritilayotganini tushungan holda, ma‘lum darajada shartlilik bilan 
mutlaqlashtirish mumkin.
Masalan, falsafaning «borliq» va «substansiya» kabi ayniqsa keng tarqalgan asosiy 
kategoriyalari haqida so‗z yuritar va muayyan faylasuflarning ularga bo‗lgan 
munosabatini aniqlashga harakat qilar ekanmiz, «falsafaning asosiy masalasi»ni 
uzil-kesil echish tarafdorlari ilgari surgan mantiqqa muvofiq, barcha faylasuflarni 
ma‘lum darajada shartlilik bilan materialistlar, idealistlar va dualistlarga 
ajratishimiz mumkin. Umuman olganda, agar, falsafada ayniqsa ko‗p muhokama 
qilinadigan muammolar doirasini aniqlashga harakat qilinayotgan yoki falsafa 
tarixini, u yoki bu falsafiy g‗oyalar, yo‗nalishlar, oqimlarning vorisiyligini 
yaxshiroq tushunish vazifasi qo‗yilayotgan bo‗lsa, bunday ajratish mutlaqo 
o‗rinlidir.
Shuningdek, muammoga nisbatan yangicha yondashuvni yoki masalaning 
yangicha talqinini taklif qilishi mumkin bo‗lgan boshqacha yondashuvlar paydo 
bo‗lishi va mavjudligiga yo‗lni berkitmaslik uchun har qanday sxemalashtirish 
cheklangan xususiyatga ega bo‗lishini unutmaslik kerak.
Ayni bir masalaga boshqacha nuqtai nazardan, g‗ayritabiiy yoki mutlaqo 
kutilmagan tomondan yondashish taklif qilingan, pirovardda esa avvalgi qarashlar 
nuqtai nazaridan erishish mumkin bo‗lmagan kashfiyotlar olingan hollarga tarixda 
misollar bisyor. Masalan, geotsentrik qarashlar o‗rnini geliotsentrik qarashlar 
egallashi, nisbiylik nazariyasining paydo bo‗lishi, Rim klubiga taqdim etilgan 
«O‗sish chegaralari» ma‘ruzasi va hokazolar ko‗pchilik uchun tabiiy, o‗z-o‗zidan 
ravshan bo‗lib tuyulgan narsalarga nisbatan noan‘anaviy, g‗ayritabiiy yondashuv 
mahsulidir. Mazkur misollar falsafada «qat‘iy», uzil-kesil ta‘riflarga nisbatan 
ancha ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim, zero bu ba‘zan yanglishishlarning 
mustahkamlanishiga, oxir-oqibatda esa – turg‗unlik va dogmatizmga olib keladi, 
degan fikrni faqat tasdiqlaydi.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan javoblar 
orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu yondashuvlardan biri 
gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq insonning bilish imkoniyatlari 
umuman olganda cheklanmagan va u o‗zini qiziqtirayotgan tabiat va jamiyat 
qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va dunyoning haqiqiy 
manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo‗ladi, deb hisoblanadi. 
Bunda G.Gegelni, va u yaratgan ta‘limotning ko‗p sonli tarafdorlarini tilga olib 
o‗tish o‗rinli bo‗ladi.
Ikkinchi yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb ataladi. 
Bu yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini to‗la (yoki 
hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday qarashlar 
ayniqsa D.Yumga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari qatoriga I.Kant ham 
kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli bo‗lib, faylasuflar orasida 
munozaralarga sabab bo‗lib keladi.

Download 408.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling