1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafada shubhaning roli


Download 408.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana08.04.2023
Hajmi408.81 Kb.
#1342190
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati

Falsafada shubhaning roli. Yuqorida keltirilgan ikkala gnoseologik yondashuvni 
taqqoslash va ularga baho berishda shubha muhim rol o‗ynaydi. U nafaqat o‗rinli, 


balki ijodiy yo‗naltirilgan har qanday bilishning zaruriy elementi hisoblanadi. 
Suuningdek, falsafiy mulohazalar har qanday shak-shubhadan xoli bo‗lsa, 
notanqidiy idrok etiladigan o‗tmish va qadimda o‗zlashtirilgan qonun-qoidalarga 
so‗zsiz bo‗ysunish me‘yorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, turg‗unlik va 
tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay va shubhani 
fikrlashning asosiy tamoyili, inson bilimini esa – nisbiy deb e‘lon qilgan falsafiy 
yo‗nalish – skeptitsizmning boshqa asoschilari e‘tiborni qaratgan. Skeptitsizm 
haqiqatga shak-shubhasiz egalik va narsalarni to„g„ri tushunishga da‟vogar 
bo„lgan falsafiy ta‟limotlar hukmronligiga munosabat sifatida vujudga keldi va 
shu ma‟noda, ijobiy rol o„ynadi.
Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar
qonunlar, muayyan tamoyillarni ta‘riflar yoki gipotezalar, g‗oyalar va nazariyalarni 
ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba‘zan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. 
Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, 
metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni 
qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‗liqdir. Bu 
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan 
vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning dunyoga munosabati, uning 
o„z-o„zini va o„zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, 
hodisalarni va o„z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning 
dunyoqarashiga bog„liq bo„ladi. Yuqorida ko‗rsatib o‗tilganidek, inson 
dunyoqarashida e‘tiqodlar va bilimlar, tuyg‗ular va emotsiyalar, oqilonalik va 
irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‗lanadi. Ayni shu 
sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, 
«hamma 
narsaga 
aralashadigan» 
falsafagina 
dunyoqarashning 
o‗zaro 
bog‗lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun 
borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to‗g‗ri munosabatini yaratish 
imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni 
mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining 
birligiga e‘tiborni qaratadi va shu tariqa o‗zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni 
shakllantirish funksiyasini bajaradi.

Download 408.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling