mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o‗rganish ularning o‗tmishdagi va
hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g‗oyalar almashinuvi va
madaniy an‘analarning o‗zaro ta‘siriga ko‗maklashadiki, bu madaniy
meros bilan
uzviy bog‗liq bo‗lgan ko‗pgina muammolarni echishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi hayotning ma‟nosi, o„lim va umrboqiylik
masalalarini kun tartibiga qo„yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”,
“yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish
orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi. U uzoq muddatli
tendensiyalarni qisqa muddatli
tendensiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni
fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni
ikkinchi darajali
narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan
uzviy bog‗liq bo‗lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. Shu tariqa insonning
muayyan
qadriyatlari, mo‗ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya‘ni tegishli
qadriyatlar tizimi tarkib topadi. Bu tizim odamlarning
muhim xususiyati
hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-
atvorini ko‗p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda
yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog„liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar,
ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti
hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo‗l bilan, ya‘ni real hayot
amaliyotida o‗rnatiladigan me‘yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta‘sir
ko‗rsatadi. Bunday me‘yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim
dastak hisoblanadi va odamlarning o‗zaro
aloqalari, ularning munosabatlari va
o‗zaro til topish darajasida namoyon bo‗ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa
doimo axloqda, jamiyatning barcha a‘zolari xulq-atvorida namoyon bo‗ladi va shu
tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: