Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini,
shuningdek borliqni nazariy va amaliy o„zlashtirishga qaratilgan usullar yoki
amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‗l, tadqiqot,
tekshirish so‗zidan kelib chiqqan).
Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki
olim o‗zi o‗rganayotgan predmetning tadqiqot yo‗lidir. Odatda metodologiya
muammolari falsafa doirasida o‗rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan
falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham
rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada
ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‗ynaydigan har
xil kategoriyalarni ishlab
chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, falsafa
o‗ta keng tushunchalar, ya‘ni kategoriyalar bilan ish ko‗rar, ularni ta‘riflar ekan,
metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni
shakllantirish funksiyasini
ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: