1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati Reja


Falsafiy bilimning tuzilishi


Download 408.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana08.04.2023
Hajmi408.81 Kb.
#1342190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati

Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafa o‗z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi 
davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma‘naviyatni, shuningdek sababiy 
bog‗lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi 
va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga 
aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli 
o‗sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim 
bo‗limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‗tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-


shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to‗ldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy 
bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi. 
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari: ontologiya – mavjudlik
borliq haqidagi bilim; 
gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‗ra – epistemologiya) – 
bilishnazariyasi; 
ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta‘limot; 
etika – axloq haqidagi ta‘limot; 
aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta‘limot; 
falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta‘limot va boshqalar.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib etish, ularning eng muhimlarini 
aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‗lish – ko‗rsatilgan bo‗limlarni 
sinchiklab o‗rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida 
yondashish demakdir. Pirovardda biz falsafaning o‗ziga xos tili, o‗z yondashuvlari 
va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, 
xossalar va qonunlarni o‗zida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar 
tizimi vujudga kelganining guvohi bo‗lamiz. Bunda falsafadagi har bir bo‗lim yoki 
yo‗nalish ham o‗z tushunchalar apparatiga, ya‘ni bilimning faqat shu sohasiga xos 
bo‗lgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir.
Falsafada ko‗rib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim sohalari ham 
mavjudki, ular qolgan barcha bilim sohalariga kirib boradi, ular bilan 
uyg‗unlashadi va ularni to‗ldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va uning 
tafakkurida yuz beruvchi harakat, rivojlanish va o‗zgarishlar haqidagi falsafiy 
ta‘limot – dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri hisoblanadi.
Ob‘ektiv sabablarga ko‗ra falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli darajada 
rivojlandi va vaqt o‗tishi bilan mustaqil falsafiy fanlarga aylandi. Bunday bilim 
sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish shakllari, qonunlari 
va usullarini o‗rganadigan fan - mantiqni; ma‘naviyat va axloq haqidagi ta‘limot – 
etikani; go‗zallik qonunlariga muvofiq ijodning mohiyati va shakllari haqidagi fan 
– estetikani kiritish mumkin.
Shu ma‘noda falsafa tarixi fani alohida diqqatga sazovordir, zero u, mohiyat 
e‘tibori bilan, nafaqat falsafiy, balki tarixiy fan hisoblanadi. Ayni vaqtda u falsafiy 
bilim tarkibiga ham kiradi, chunki falsafiy tafakkurning vujudga kelishi, 
shakllanishi va rivojlanishini, falsafiy g‗oyalar evolyusiyasi va xususiyatini turli 
faylasuflar, yo‗nalishlar, oqimlarning ta‘limotlarida qanday tavsiflangani nuqtai 
nazaridan o‗rganadi. Falsafa tarixi fanida falsafiy ta‘limotlarni tizimga solish va 
tasniflashga, matnlar, tarixiy sanalarni tahlil qilishga, daliliy material, biografik 
ma‘lumotlar yig‗ishga alohida e‘tibor beriladi. Shu munosabat bilan dunyoqarashni 
kengaytirish va teranlashtirishga, o‗z falsafiy yondashuvlarini yaratishga qaratilgan 
falsafani o‗rganish, uning tarixi, asosiy namoyandalari va eng muhim falsafiy 
asarlari bilan albatta tanishishni nazarda tutadi.

Download 408.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling