1-mavzu. Falsafaning fan va duyoqarashga doir mohiyati. Reja
Download 76.48 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Ma’naviy asoslar falsafaning yangilanishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki bunday falsafaning shakllanishi mamlakatda amalga oshayotgan ma’naviy sohadagi o‘zgarishlarning tarkibiy qismidir. Falsafiy tafakkur yangilanishining mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar bilan chambarchas Bog‘liqligi quyidagi masalalarni falsafiy tahlil etishni zaruratga aylantiradi:
bugungi kunda ro‘y berayotgan dunyoqarashni yangilash jarayonining tarixiy ildizlarini o‘rganish va falsafiy tahlil etish; sobiq ittifoqdagi ijtimoiy tanazzul va uning xalqimiz tafakkuridagi oqibatlarini tugatish; istiqlolning falsafiy tafakkurni o‘zgartirish uchun yangi davrni boshlab bergani; mamlakat mustaqilligini mustahkamlash jarayonida dunyoqarashning o‘zgarishida qanday asosiy tamoyil va yo‘nalishlar ko‘zga tashlangani; bugungi kunda falsafiy dunyoqarashning yangilanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan zamonaviy omillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Falsafiy dunyoqarash o‘zgarishining muhim jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Birinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi ijtimoiy jarayondir. Ya’ni u, avvalo, taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tayotgan mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlardagi uzluksiz o‘zgarishning tarkibiy qismidir. Ikkinchidan, mustaqillikka erishgan uni mustahkamlashga harakat qilayotgan mamlakatimiz uchun bu tarixiy zaruratdir. Ya’ni, u tasodifiy namoyon bo‘ladigan o‘tkinchi hodisa emas. Balki o‘tish davrining zaruriyati, jamiyatni tubdan isloh qilish, odamlarda yangicha tafakkurni shakllantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biridir. Uchinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir. Download 76.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling