1-mavzu. Falsafaning fan va duyoqarashga doir mohiyati. Reja
Download 76.48 Kb.
|
2-maruza
To‘rtinchidan, falsafiy ongning yangilanishi muayyan bir davrda amalga oshadi.
Beshinchidan, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi inkor va vorislik jarayoni hamdir. Unda, bir tomondan, o‘zbek falsafasida azaldan mavjud bo‘lgan, hatto sobiq mustabid tuzum ham yo‘qota olmagan ko‘p jihatlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. Ikkinchi tomondan, yaqinginada ustuvor bo‘lgan ko‘pgina sinfiy- partiyaviy tamoyillar o‘tmishga aylanadi, inkor etiladi. Uchinchi tomondan, falsafiy tafakkurda yangi yo‘nalishlar o‘z o‘rnini topadi. Eng umumiy ma’noda, falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, asosan, jamiyatdagi mana shu sohada ro‘y bergan o‘zgarishlarni ifodalaydi, hamda, o‘z xususiyati va ahamiyati kengligi bilan ajralib turadi. Bunda ham bir qancha jihatlarga e’tiborni qaratishga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning rivojlanish sur’ati yangicha, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol, ma’naviy- axloqiy jihatdan etuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni alohida bosqichga olib chiqdi. Mulk shaklining xilma- xilligi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ehtiyoj, bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangidan – yangi texnologiyalarning kirib kelishi jarayoni yuqori darajada tarbiyalangan va yuksak malakaga ega bo‘lgan mutaxasisni taqozo etayapti. Zero, yuksak malaka ayni paytda aqliy-ruhiy va jismoniy salohiyatlar uyg‘unlashgan taqdirdagina ko‘ngildagidek samara beradi.Ma’naviy- axloqiy, ruhiy jismoniy etuk va faol shaxsgina jamiyat taraqqiyoti mazmunini, davlatning istiqbol yo‘lini, shaxs- jamiyat- davlat manfaatlarining uyg‘unligini to‘g‘ri tushunadi, shu yo‘lda hormay- tolmay mehnat qiladi. Davr taqozo etayotgan keng hamrovli bilimga ega bo‘lish milliy va umuminsoniy madaniyatlardan, boy tarixdan, bugungi kundagi ulug‘vor bunyodkorlik ishlaridan bahramandlik ularning qalbida Vatanga sadoqat va iftixor tuyg‘ulari kamol topishiga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy fan sohasidagi islohotlarning tezkor amalga oshirilishini talab etishi shubhasiz. Falsafaning yangilanishi va g‘oyaviy jarayonlar uzviy bog‘liq. Falsafiy dunyoqarash ijtimoiy ongdan ajralmasdir. Mafkura jamiyatdagi ma’naviy muhit qanday ekanini ko‘rsatib turadigan eng asosiy mezonlardan biri bo‘lsa, falsafa uni shakllantiradigan omillar sirasiga kiradi. Har qanday mafkura jamiyatsiz paydo bo‘lmaganidek, ijtimoiy – siyosiy hayotni ham g‘oyasiz, mafkurasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.Mafkura o‘z mohiyati, maqsadi, harakat yo‘nalishlri bilan jamiyat g‘oyalariga xizmat qiladi. U – jamiyat hayotining tarkibiy qismi, binobarin, uning bag‘rida shakllanadi, madaniy meros va qadriyatlar zaminida faoliyat ko‘rsatadi. Mamlakatimizda milliy istiqlol g‘oyasini aholi ongi va qalbiga singdirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun sobiq mustabid tuzum mafkurasi butunlay o‘tmishga aylandi. Diyorimizda milliy davlatchilik an’analari qayta tiklandi, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat yanada yuksaklikka ko‘tarilmoqda. “Ana shu jarayonning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?” , “U hayotimizni qaysi tomonga eltadi?”, “Biz bu jarayonda qanday ishtirok etishimiz lozim?” degan savollarga javob topish zarurati ijtimoiy tafakkurni tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Shu bilan birga, bu “Mafkura xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib,jahon hamjamiyatidagi mutarqqiy davlatlar orasida teng huquqli o‘laroq munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak ”. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy istiqlol g‘oyasining dasturiy vazifalari o‘z ifodasini topgan. G‘oya dunyo qarashning asosini tashkil etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi etakchi maqsadlarni ilgari suradi. Shu g‘oyalar asosida insonlar faoliyati, orzu- intilishlari, istiqbol rejalari aniqlab olinadi. Dunyoqarashni yangilash zarurati bir qator yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 1.Avvalo, bu kelajagi buyuk davlatni barpo etish bilan bog‘liq. Bunda ana shu yaratilajak yangi jamiyat haqida, bozor munosabatlariga bosqichma – bosqich o‘tish jarayoni, yangi ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning qaror topa borishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, milliy uyg‘onish ijtimoiy taraqqiyot taqozosi, komil insonni voyaga etkazish davr talabi ekani kabi dasturiy vazifalarning hayotiyligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni odamlar dunyoqarashida qaror toptirish zarur. 2.Falsafiy ongning yangilanishi mohiyat e’tibori bilan mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va aloqalarining o‘sib borishi, tinchlik, osoyishtalik, milliy totuvlik, bahamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalarga tayanadi. 3. Falsafadagi yangilanish millat va Vatan manfaatlari, istiqbol rejalari, milliy qadriyatlarimiz ruhiga mos holda kechadi. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, davlatimizning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqimizda to‘g‘ri tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi. 4. Falsafiy tafakkur yangilanishi taqozo etadigan eng muhim vazifa poklanish jarayoni odamlar ruhiyati va tafakkurida amaliy tus olishi uchun O‘zbekiston Konstitutsiyasida mujassam etilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‘oyalar omma manfaatlarni aks ettirgani bois ularni ma’naviy hayot tarzining tarkibiy qismiga aylantirish muhim ahamiyatga ega. 5. Mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, uning fuqarolari totuvligi, ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning qadriga etish, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda falsafa va umuman, ijtimoiy fanlarning ahamiyati beqiyos. 6. Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, insondan, uning ijtimoiy xususiyatlari takomillashuvidan chetda kechadigan jarayon emas. U nafaqat umumjamiyat miqyosidagi, balki har bir inson kamoloti uchun ham zarur shart- sharoit yaratadigan jarayondir. Bugungi kunda siyosiy, mafkuraviy va ma’naviy sohalardagi taraqqiyot vazifalari o‘zaro uyg‘unlashib bormoqda. Ayniqsa, milliy istiqlol g‘oyasi borasidagi nazariy faoliyat, targ‘ibot va tashviqotni har tomonlama kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zaruratga aylanib bormoqda. Download 76.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling