Journal of innovations in social sciences


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1095227
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari



JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
 www.sciencebox.uz
Volume: 02 Issue: 04 | 2022
 
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
265 
PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O‘QITUVCHI MAHORATI 
MASALALARI 
1
Ochilov Og’abek Narzullayevich 
2
Quchqorova Gulsanam Eshpulotovna 
Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hududiy markazi katta o’qituvchisi

91 461 76 14 
Shahrisabz shahar 17- sonli maktabning
biologiya fani o'qituvchisi
2
 
 
Annotatsiya: Maqolada Sharq mutafakkirlarining pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy 
qarashlari, pedagogik faoliyatni rejalashtirishning asosiy qonuniyatlari va unga qo‘yiladigan didaktik 
talablar yoritilgan. 
Tayanch iboralar: Pedagogik faoliyat, muloqot, bilim, maqsad, ta’lim, tarbiya, mutafakkir 
 
Inson - tabiatning bir bo‘lagi. Inson bolasi ma’lum layoqat kurtaklari, ma’lum imkoniyatlar 
bilan tug`iladi. Ammo bular - imkoniyat. Bu layoqat kurtaklarining rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy 
muhit, sharoit, ta’lim-tarbiya zarur. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va 
boshqalar ham inson tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar ahamiyatiga katta e’tibor berib kelganlar. 
Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: “Munosib inson bo‘lish uchun 
odamda ikki imkoniyat - ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga 
erishiladi, tarbiya esa bu kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni 
yaratishga olib boradigan yo‘ldir”, -deydi[1].
O‘tmishda yashagan buyuk mutafakkir va donishmandlar, ayniqsa, Abu Nasr Forobiy, Ibn 
Sino o‘z asarlarida tarbiyaning shakllari va usullari haqida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar. 
Abu Nasr Forobiy (873-950) ta’lim-tarbiyaga oid asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, 
unda nimalarga e’tibor berish, ta’lim-tarbiya usullari haqida fikr yuritadi. Bu jihatdan uning “Fozil 
odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv to‘g`risida”, “Ilmlarning kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari 
to‘g`risida” kabi asarlari muhim ahamiyatga ega. 
Forobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim hisoblanadi. Ta’lim degan so‘z 
insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya esa - shaxsiy fazilatlarni, mas’ul 
hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. 
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba orqali 
o‘rganishdir.
Forobiy o‘zining “Baxt-saodatga erishuv to‘g`risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi 
haqida quyidagi fikrni bayon etgan. U: “Avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari 
haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni o‘rganish zarur. Undan so‘ng umuman, jonli tabiat - 
o‘simliklar va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi”,- deydi[1]. 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling